Get Mystery Box with random crypto!

#qulaylik Tibbiyot muassasalari dam olish kunlari qanday tart | Toshkent viloyati hokimligi

#qulaylik

Tibbiyot muassasalari dam olish kunlari qanday tartibda ishlaydi?

Toshkent viloyati sogʻliqni  saqlash boshqarmasi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida barcha  davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini maʼlum qilamiz.

Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor, mahalla tibbiyot punktlari, tuman, viloyat va  shifoxonalari,  ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari, shular jumlasidandir.

Shuningdek, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent viloyat filiali uning hududlardagi 22 ta filial, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda shahar, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralari faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha tez tibbiy yordam brigadalari hamda barcha davolash profilaktika muassasalari aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olish imkoni mavjud.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter