Get Mystery Box with random crypto!

Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tad | Toshkent viloyati hokimligi



Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratadigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini o'rganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

Ohangaron shahri. Bugun shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida “TrendTex” qoʻshma korxonasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda shaharda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi, siyosiy jarayondar xususida tushuntirishlar berildi.

Ohangaron tumani. Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining “Fanagoriya” AJ delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kompaniya direktorlar Kengashining raisi Sergey Storojenko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari tumanda boʻlib, “Taraqqiyot” fermer xoʻjaligi dalasida tuman hokimi Abdurasul Abdullayev bilan uchrashdi.

Piskent tumani. Kelovchilik Sohiba Abdujabborovaga 2-sektor rahbarining koʻmagi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan edi. Hozirda u 5ta ish o'rni yaratdi.

Chirchiq shahri. Shahar hokimi Davron Xidoyatov sektor rahbarlari bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti oldidan “Markaziy jome” masjidi va boshqa masjidlarda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirildi.

Bekobod tumani. Ayni kunlarda tumandagi 9 ta mahallada PQ-408-sonli qaror asosida qurilish ishlari toʻliq tugallandi. Jumladan, “Paxtakor”, “Sariyuz”, “Istiqlol”, “Guliston”, “Parchayuz” mahallalarida aholiga ichimlik suvi yetkazib berildi.

Bekobod shahri. Shahar hokimi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari boʻlgan investorlar bilan uchrashdi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH