Get Mystery Box with random crypto!

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida 'Dav | Toshkent viloyati hokimligi



Ayni kunlarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining dastlabki bosqichiga start berilmoqda. Maxsus dayjestda shu haqida

Piskent tumani. 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o'tkaziladigan "DXX kubogi"ga start berildi.

Bekobod tumani. Markaziy o‘yingohda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" uchun tuman saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Bo'ka tumani. "DXX kubogi" baxslari tuman bosqichiga qur’a tashlash marosimi o’tkazildi.

Bekobod shahri. Yoshlar ishlari agentligi binosida futbol va mini futbol bo‘yicha "DXX kubogi" musobaqalari oldidan qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Yangiyo'l tumani. Sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar oʻrtasida "DXX kubogi" musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.

Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi boshchiligida, yoshlar yetakchilari va jamoalari ishtirokida "DXX kubogi" musobaqalari turnirida qatnashish uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi Markaziy oʻyingohda mutasaddi rahbarlar ishtirokida "DXX kubogi" musobaqalarining qurʼa tashlash jarayonlari o'tkazildi.

Toshkent tumani. Bugun tumanda sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida "DXX kubogi" musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.

Oqqo'rg'on tumani. Bugun tuman sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH