Get Mystery Box with random crypto!

#qulaylik “Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nur | Toshkent viloyati hokimligi

#qulaylik

“Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

“Krasnogorsk” qo‘rg‘oni aholisiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida bugun erta tongdan "Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent”,Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent” hamda “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari qayta tiklandi.

Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida yurtdoshlarimiz uchun turizm qishlog‘i bo‘lgan Krasnogorsk (Qiziltog‘)ga Toshkent shahri Qo‘yliq mavzesidan, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahridan hamda Parkent tumani markazidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobuslarda yetib olish imkoniyati yaratildi.

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter