Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 t | 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐦𝐮𝐫𝐨𝐝𝐨𝐯𝐚

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi!

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2022-yil iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi.

Dunyo reytingini mos ravishda AQSh, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, reytingda yurtimiz dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda.