Get Mystery Box with random crypto!

Yo‘l harakati qoidalari yangilandi Vazirlar Mahkamasi yangi | Toshkent ahli

Yo‘l harakati qoidalari yangilandi

Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarini tasdiqladi. Yangi qoidalar 1-maydan kuchga kiradi.

Asosiy o‘zgarishlar:
nafaqat haydovchi, balki uning yonida (old o‘rindiqda) o‘tirgan yo‘lovchilar ham endi avtomobil yurmasidan oldin xavfsizlik kamarini taqishi majburiy bo‘ldi;

maktab va bog‘chalar atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha masofada tezlikni 30 km/soatdan oshirish taqiqlandi; mahallalar ichida esa maksimal tezlik 20 km/soat deb belgilandi;

yangi tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligi respublika komissiyasiga yangi vakolat berildi: komissiya Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarining qatnov yuqori va aholi gavjum joylarida tezlikni 60 km/soatgacha cheklash huquqiga ega bo‘ldi;

qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlandi;

yuk avtomobillari yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart deb belgilandi (qoidalarda belgilangan ayrim istisnolardan tashqari);

velosipedchilar – agar ular qorong‘ida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan bo‘lsa, nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart;

yengil avtomobilda tashilayotgan yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslama yordamida velosiped tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasligi shart.

@toshkentahli24