Get Mystery Box with random crypto!

#Yashnobod #saxovat_va_komak Yurtimizda aholi muammolarini ma | TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal

#Yashnobod
#saxovat_va_komak

Yurtimizda aholi muammolarini mahallabay tizimda o'rganish, kambag'allikni qisqartirish, fuqarolarga qulay sharoit va imkoniyatlar yaratib berish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun ham Toshkent shahar 4-sektor rahbari va ishchi guruh vakillari Yashnobod tumanidagi "Temir daftar" da ro'yxatda turuvchi aholi murojaatlari bo'yicha o'rganishlar o'tkazdi. Ushbu jarayonda "Katta qo'yliq" va "Mumtoz" mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan va nogironligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olinib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB