Get Mystery Box with random crypto!

#Yashnobod #referendum Mamlakatimizda har bir soha vakillari | TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal

#Yashnobod
#referendum

Mamlakatimizda har bir soha vakillari borki, konstitutsiyaviy qonunlarga tayanib ish olib boradi. Shu bois, bosh qomusimizni yanada mustahkamlash maqsadida 30-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi referendumi o'tkazilishi belgilangan. Bu borada hududlarda mazkur siyosiy jarayonning o'tkazilish joylarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida ishchi guruh vakillari Yashnobod tumani 4-sektor hududiga qarashli O'rta masjid mahallasidagi 691,692 va 693- referendum uchastkalari faoliyati, ularda olib borilayotgan ta'mirlash va tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB