Get Mystery Box with random crypto!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Q | TDTU Matbuot Xizmati | Расмий канали

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Qo’shma ta’lim dasturlari” asosida 2+2 ва 2+3 formatlarida oqishga taklif etadi

Bugungi kunda Toshkent davlat texnika univeriteti chet elning 5 ta nufuzli Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 10 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’ygan.
2022/2023- o’quv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Qo’shma ta’lim dasturlari” uchun kunduzgi va sirtqi shakillarda ta'lim olish bo'yicha ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan xolda rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2022 yilning 10-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Abiturientlar quydagi qo’shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo’nalishlariga xujjat topshirishlari mumkin:

Bakalavriat uchun: (kunduzgi va sirtqi).

Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Mashina sozlik texnologiyasi,mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish”, -“Biotibbiyot muhandisligi”,
-“Metallar texnologiyalari” (jarayon turlari bo'yicha).
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) (sirtqi).
-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha) (sirtqi).

Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)”,
-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)”,
-“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)” (sirtqi),
- “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)”
(sirtqi) .

Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti “Moskva energetika instituti” bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Elektr energetikasi”.

Rossiya Federatsiyasinig Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan -“Transport vositalari muhandisligi (qishloq xo’jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”.

Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha)”.

Batafsil ma’lumotlarni
71 207-54-00, 71 246-80-65 raqamlari orqali yoki www.sop.tdtu.uz sayti va @sop_tgtu kanali orqali olishingiz mumkin.