Get Mystery Box with random crypto!

* * * Muqaddas tumordek ko‘krakda asrab, Unga she’r bitmaym | Tong yulduzi | Rasmiy kanal

* * *

Muqaddas tumordek ko‘krakda asrab,
Unga she’r bitmaymiz ko‘tarib qiy-chuv,
Alamli tushlarga bo‘lmas u sabab,
Yo jannat bog‘idek tuyulmaydi u.

Uni ko‘nglimizda qilmaymiz aslo
Oldi-sotdi uchun qimmatbaho mol.
Uni unutamiz eslashni hatto
Bag‘rida goh bemor, goh baxtsiz, behol.

Ha, u kovushdagi loydir biz uchun,
Ha, u tishimizda g‘ichirlagan chang.
Biz ezib-toptaymiz, qilamiz kukun
Hech bir gunohi yo‘q shu xokni, qarang.

Unga aylanamiz, lekin, bir kuni,
Shu sabab meniki deymiz biz uni.

1961
Anna Axmatova