Get Mystery Box with random crypto!

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari Org | TOMCHI

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari quyidagilardan iborat:

•organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va muvofiqlikni baholash organi bilan organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;

•mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bilan muvofiqlashtirish;

•organik mahsulotlarni ishlab chiqarish organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan alohida tarzda amalga oshiriladi;

•o‘tish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni “o‘tish davridagi organik mahsulotlar” sifatida tamg‘alash va realizatsiya qilish.

Organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish chog‘ida o‘tish davri belgilanib, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan bu davr ichida organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi taʼminlanadi.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali

Саволлар: @tomchiguruhi

"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html