Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEKISTONDA LIMON: Salomatlik uchun foydasi Ikki osh qoshiq | TOMCHI

O‘ZBEKISTONDA LIMON: Salomatlik uchun foydasi

Ikki osh qoshiq limon sharbati insonning C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojining yarmini qoplaydi. U o‘z navbatida immunitetni mustahkamlaydi, organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi, yara bitishini tezlashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, toksinlarni tozalaydi, gormonlar sintezini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytiradi.

Limon ham tetiklashtiradi, charchoq va uyquchanlikni ketkazadi, ko‘ngil aynishi bilan kurashadi, ichak harakatini yaxshilaydi, avitaminozda vitamin va minerallarning yetishmasligi o‘rnini to‘ldiradi.

Limon teriga kosmetik oqartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, uni faollashtiradi va yog‘ bezlarini tartibga soladi. Limonning foydali jihatlari yana quyidagilardan iborat: insult xavfini kamaytiradi; saraton kasalligining oldini oladi; yuz rangini yaxshilaydi; astmani profilaktika qiladi; temirning yaxshi singishini ta’minlaydi.

Bitta limon mevasida taxminan 2% shakar, 6-8% turli kislotalar (asosan limon kislotasi), 1% dan ortiq pektin, 0,5% ga yaqin turli mineral tuzlar, 60-90 mg C vitamini, shuningdek, A, V1, V2, PP vitaminlari mavjud.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali