Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEKISTONDA LIMON: Limon yetishtirishda ozuqa moddalarining | TOMCHI

O‘ZBEKISTONDA LIMON: Limon yetishtirishda ozuqa moddalarining yetishmasligi belgilari

Azot yoki fosfor yetishmasligida daraxtning barglari och yashil yoki sariq-yashil rangga kiradi, o‘sishi sekinlashadi va hosil kamayadi. Kaliy yetishmovchiligi esa mevalar kichik bo‘lib, terisi nozik va juda silliq shaklga kiradi. Kalsiy yetishmasligida daraxt o‘sishi sekinlashadi va hosil kamayadi. Temir yetishmasligida – birinchi navbatda yosh barglar, keyin qolgan barglarda xloroz paydo bo‘ladi, barglar och yashil rangga kiradi, sarg‘ayadi va barg tomirlari quyuq yashil rang kasb etadi.

Asta-sekin ildiz tizimi yomonlashadi. Marganes yetishmovchiligida barglarning tomirlari yashil bo‘lib qoladi, ammo ular orasida to‘qimalarda sarv dog‘lari hosil bo‘ladi. Molibden yetishmovchiligida barglar och sariq rangga kiradi, ikkala tomonning tomirlari o‘rtasida katta dog‘lar paydo bo‘ladi. Mevalar kichik, qattiq bo‘lib qoladi, terisi qalinlashadi, yorilib ketadi, shaklini yo‘qotadi.

Oltingugurt yetishmasligi kamdan-kam uchraydi, uning yetishmasligi belgilari azot yetishmasligi bilan bir xil, ammo uning alomatlari faqat yosh barglada seziladi.
Sink yetishmasligida yosh barglarda xloroz shakllanadi, tomirlar orasiga tarqaladi, barglar kichik va och yashil rangga kiradi. Sinkning surunkali yetishmovchiligi shoxlarning o‘lishiga olib keladi. Yuqoridagi elementlar yetishmasligini oldini olish, shuningdek, ularning yetishmasligini davolash uchun tuproqning kislotaliligini tartibga solish va yetishmayotgan elementlarni qo‘shish kerak yoki barglarga maxsus eritmalar purkaladi.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali

"TOMCHI" – ни ўрнатинг: https://nwrmp.uz/link.html

Саволлар учун: @tomchiguruhi