Get Mystery Box with random crypto!

TKTI

Telegram kanalining logotibi tktimatbuotxizmati — TKTI T
Telegram kanalining logotibi tktimatbuotxizmati — TKTI
Kanal manzili: @tktimatbuotxizmati
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

@TKTIUZ

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 11:57:57
Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

27-avgust kuni institut Kengashi majlisi oʻtkazildi. Kengash majlisini Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Shukurillayevich Usmonov ochib berib, boshlanayotgan oʻquv yili davomida oʻquv, ilmiy, moliyaviy, yoshlar masalalari va xalqaro hamkorliklar, aloqalar yuzasidan amalga oshirili rejalashtirilgan ishlarga toʻxtalib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish, Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan mas'ul prorektorlar, Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning uslubiy ta’minoti tahlili va ustuvor vazifalari yuzasidan O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishdi.

Ilmiy kengash yakunida maʼruzachilarga professor-oʻqituvchilar, hodimlar tomonidan mavzular yuzasidan savollar berilib, prorektorlar, boʻlim boshliqlari tomonidan javob berildi.
933 views08:57
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:09:15
Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Shukurillayevich Usmonovning institut jamoasiga Qurbon Hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
140 views03:09
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:12:02
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
434 views16:12
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:02:27
#Mahalla_raislari_oʻquv_seminari

Ilk tinglovchilar kuzatildi.

Mahalla raislaridan tashabbuskorlik, fidoyilik, mehnat va oʻz mahallasi ravnaqi hamda rivoj topishida sadoqat bilan xizmat qilish talab etmoqda.

Bugun oʻz yakuniga yetgan mazkur oʻquv seminardan soʻng bir guruh tegishli vazirlik va idoralar masʼullari, Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.b
B.Boborajabov
oʻquvlarda faol ishtirok etgan barcha mahalla raislariga minnatdorchilik bildirib, tantanali ravishda sertifikat bilan taqdirlashdi. 

Maʼlumot uchun: navbatdagi oʻquv-seminarda Kattaqoʻrgʻon shahar, Bulungʻur, Jomboy va Ishtixon tumanlarida faoliyat koʻrsatayotgan mahalla raislarining ishtiroki nazarda tutilgan.
563 views16:02
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:40:39
Samarqand davlat universitetida mahalla raislarining Oʻquv-seminari yakunida test topshirish jarayonlari bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 1-iyul kunidan 6-avgust kuniga qadar viloyatdagi 1126 ta mahalla raislarini malakasini oshirish va oʻquv-seminarini tashkil etish belgilangan.

Avval xabar berganimizdek oʻqishlar Samarqand davlat universitetining bosh binosida 215 nafar Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan mahalla raislarini moderatorlar tomonidan oʻqitilishi mana bugun yakuniga yetish arafasida. 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.b B.Boborajabov raisligida MFY raislar oʻquv-seminar yakuni boʻyicha test sinovlari topshirishdi.

Viloyatdagi barcha mahalla raislari belgilangan reja grafik asosida bosqichma-bosqich oʻqitilib boriladi.
430 views15:40
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:20:34
Samarqand davlat universitetida mahalla raislari uchun o’quv-seminarlari davom etmoqda.

1-iyul kuni Samarqand davlat universitetida MFY raislari uchun seminar treninglar boshlangan edi.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.b
B.N.Boborajabov ushbu seminarlarda trener-moderator sifatida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur seminarning asosiy maqsadi mahalla raislariga mahalla institutiga oid hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish borasidagi bilim va malakalarini oshirishdan iboratdir. 

Oʻquv kurslari mahalla raislari bilan interfaol usullarda muloqot va bahs-munozara shaklida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
432 views15:20
Ochish/sharhlash