Get Mystery Box with random crypto!

TKTI

Telegram kanalining logotibi tktimatbuotxizmati — TKTI T
Telegram kanalining logotibi tktimatbuotxizmati — TKTI
Kanal manzili: @tktimatbuotxizmati
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

@TKTIUZ

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 11:19:19 Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi...

Muhammad Yusuf

P.s: She’rni shoirning oʻzi oʻqigan.
1.3K views08:19
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:55:06
Президент Шавкат Мирзиёев бугун эрта тонгда Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросимида иштирок этди ҳамда "Янги Ўзбекистон" боғида Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

Кечқурун давлатимиз раҳбари мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбирида иштирок этиб, халқимизга табрик билан мурожаат қилади.

Сегодня ранним утром Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии почтения памяти жертв репрессий в аллее "Шахидлар хотираси" и возложил цветы к монументу Независимости в парке "Янги Узбекистон".

Вечером глава государства примет участие в праздничном мероприятии по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны и выступит с поздравлением к народу.

Facebook|Instagram|Twitter
1.4K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:21:53
#Ovozli_chat

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Markaziy bank masʼul xodimlari ishtirokida “Taʼlim krediti, ijara shartnomasi va yotoqxonalar ” mavzusida OVOZLI CHAT boshlandi.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz boʻlsa
(
https://t.me/uza_uz/64256) quyida qoldiring.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.1K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:09:02
#happy_birthday_to_you

Bugun Yoqilg'i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari Berdiyev Xusan Urolovichning tavallud topgan kunlari.

Xusan Urolovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelajakdagi ishlarida omad, oilaviy baxt-saodat, farzandlar kamolotini tilaymiz.

Yoshlarni bilimi olishida xizmat qilayotgan ustozimizga institut jamoasi nomidan omad va zafarlar hamda har doim barchaga creativ g'oyalar ulashishdan charchamasliklariga tilaymiz.
1.3K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:00:44
#mustaqillik
#31_yil

1991-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilindi.

1991-yilning 1-sentabr yurtimizda - Mustaqillik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Hurmatli professor-o'qituvchilar, aziz talabalar va institutimiz jonkuyar hodimlari Mustaqilligimizning 31 yilligi muborak boʻlsin!
1.3K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:16:43
#international
#TCTI

Xalqaro Oʻzbekiston-Hindiston “Oziq ovqat texnologiyalarda innovatsiyalar” anjumanga taklif etamiz!

Anjuman fakti: 24-25-noyabr

Manzili: Hindiston, Luknou, Integral universiteti

Seksiyalar:
Food Engineering, Processing & Packaging
Bioactive Constituentsʼ, Micronutrients, Food Additives & Ingredients
Food Innovation Technology & Waste Valorization
Food Toxicology, Safety, Security and Hygiene


Tezislar 30-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Registratsiya muddati: 10-oktyabr
Registratsiyadan oʻtish:
http://tift.iul.ac.in/RegistrationForm.aspx

Batafsil maʼlumot:
http://tift.iul.ac.in/Default.aspx

Savollar uchun:
Anjuman kotibi Shaxnoza Solijonova,
+998998347557,
shaxnozasalijonova@gmail.com
834 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:51:09 Toshkent kimyo-texnologiya instituti O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov taʼlim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining yigʻilishida ishtirok etdi.

Maʼlumki, joriy yilning 7-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

2022-yilning 30-avgust kuni “Uzbekistan GTL” zavodining maʼmuriy binosida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligida Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

Dastlab, yigʻilish kun tartibida Davlat rahbarining qarori boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Yig'ilish davomida 2022–2023-yillarda neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasterini kompleks rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl haritasi”ning har bir bandi boʻyicha Jamiyat va ishlab chiqarish korxonalarining masʼullari belgilab olindi. Boshqaruv raisi korxonalarda kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlar orasidan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bakalavriat va magistraturada oʻqish istagi boʻlgan nomzodlar roʻyxati shakllantirilganligi va ularga tavsiyanomalar berilganligi maqsad sari bosilgan ilk qadam ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Shundan soʻng, Boshqaruv raisi tomonidan joriy yilning 1-oktyabriga qadar 2022/2023 oʻquv yilida neft va gaz sohasi boʻyicha tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilar va talabalar uchun stipendiyalarni joriy etish boʻyicha topshiriq berildi.

Yigʻilishda “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Shuhrat Aslanovning 2022-yil yakuniga qadar ushbu oʻquv markazining Gʻuzor tumanidagi binosini rekonstruksiyasi, talabalar va oʻqituvchilar uchun yotoqxona, sogʻlomlashtirish maskanlari va boshqa zarur binolarni barpo etishni jadallashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi.

Ushbu markaz zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar, geologiya-geofizika, burgʻilash, konlarni ishlatish va qazib olish, neft va gazni qayta ishlash, uglevodorod xom ashyolarini saqlash va transport qilish, energetika, payvandlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha maxsus xonalar bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.

Kengash aʼzolari ushbu oʻquv markazida 2023-yildan boshlab har yili ishlab chiqarish korxonalarining kamida 1 000 nafar xodimini malakasini oshirish va roʻyxatni shakllantirish masalasiga ham toʻxtalishdi.

Taʼlim klasteri doirasida maktab oʻquvchilarini ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi belgilandi.

Boshqaruv raisi tomonidan Klaster tarkibidagi taʼlim tashkilotlari uchun xorijiy adabiyotlar, ilmiy ishlanmalar xarid qilish hamda ularning axborot-resurs markazi fondlarini muntazam ravishda yangilab borish, talabalar va professor-oʻqituvchilar, ilmiy-pedagog xodimlarining stajirovkasini ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasteridagi ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlari bilan hamkorlikda “Birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma” tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi taʼlimsiz ishlab chiqarishda koʻzlangan maqsadga yetib boʻlmasligi, shunday ekan taʼlimga katta eʼtibor berilayotgani taʼkidlandi. Oʻz navbatida, xususiy ishlab chiqaruvchilarni ham jalb qilish, oliy oʻquv yurtini tamomlayotgan talabalarni saralab olish, tanlovlar borasida OAV orqali eʼlon berib borish boʻyicha ham topshiriqlar berildi.
768 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:51:09
#neft_gaz
#tàlim_klasteri
752 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:41:35
Uchrashuvda har ikkala oliy taʼlim muassasalari va Uzbekistan GTL MCHJ ning taqdimotlari namoyish etildi hamda oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Times Higher Education halqaro reytingida “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” sohasida 39-oʻrindan o'rin olgan universitet bilan oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish rejalashtirildi.

Uchrashuv davomida oʻzaro anglashuv Memorandumining loyihasi tayyorlandi. Taqdimot soʻngida Istanbul texnika universiteti rahbariyatiga institutimiz rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻasi topshirildi. Shundan soʻng, institut delegatsiyasi Istanbul texnika universitetining Kimyoviy metallurgiya muhandisligi hamda Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi fakultetlarida boʻlishib, fakultet jamoasi, olimlari bilan uchrashdilar, fakultetlardagi zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar va kelgusida hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish yoʻnalishlarini kelishib oldilar.
872 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:41:35
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Xayrulla Pulatov, Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi mudiri Oybek Aripdjanov, Uzbekistan GTL MCHJ boʻlim boshligʻi – institut mustaqil izlanuvchisi Shohruh Xolmatovlar 27-30 avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida xizmat safarida boʻlishdi. Safar davomida III Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumanda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi hamda Istanbul texnika universitetining taklifiga binoan ushbu universitetiga tashrif buyurishdi va universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Istanbul texnika universitetining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Dr. Lütfiye Durak Ata, Ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Prof. Bülent Guloğlu, Ilmiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Prof. Altan Çakir, Kimyoviy metallurgiya muhandisligi fakulteti dekani Prof. Sebahattin Gürmen va Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.
838 views09:41
Ochish/sharhlash