Get Mystery Box with random crypto!

Men shunaqa kishilarni bilaman. Ijtimoiy tarmoqlarda o’zlari k | Tingla Hayot | Najot Ilmda!

Men shunaqa kishilarni bilaman. Ijtimoiy tarmoqlarda o’zlari kam ko’rinishadi, lekin ular haqida ko’p yozishadi. Fikrlarini axloqlari orqali yetkazishadi. Ulardan biri yaqindagina “Bavariya” futbol klubiga o’tgan Sadio Mane. U Senegalda masjid va maktablar qurishdan tashqari – o’z qadriyatlarini yozmasdan butun dunyoga aytdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Kechagi xabarlarni oladigan bo’lsak, klubi har doimgi an’analarini davom ettirish maqsadida alkogolli ichimlik bilan jamoaviy suratga tushadi. Mane esa ular bilan birga, faqat qo’lida stakansiz. Bu juda ajoyib targ’ibot desa ham bo’ladi. Ya’ni islom bu narsani harom qilgan va bundan tashqari alkogolli ichimliklar inson sog’ligi uchun zararli. Hech narsa demay, o’z axloqi bilan targ’ib qilish shunaqa bo’ladi. Balki kimningdir yuragi jizz etib yoki kimnidir bu harakat taajjublantirib islom’ning mohiyatini chuqur o’rganishga kirishgandir. Men bunga ishonaman.

Chunki yana bir futbolchi bor-ki, u norasmiy ma’lumotlarga ko’ra Buyuk Britaniyada islomofobiyaning pasayishiga keskin ta’sir ko’rsatgan. Uning klubi muxlislaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda “Agar sen bugun gol ursang, men islomni qabul qilaman” deb yozadi. Misrlik Muhammad Saloh hatto cherkov uchun ham xayriya qilgan. Bu islomning naqadar bag’rikeng ekanligini ko’rsatadi. “Muhabbat oyatlari 2” filmidagi Fahrining yahudiy qo’shnisini sinagogaga eltib qo’ygani eslansin.

Ular izohlarda “voydod” deyishmadi. So’kinib, keskin gaplar aytishmadi. Shunchaki odoblari bilan o’z qarashlarini yetkazib berishdi. Hozir ichingizda “Menda buncha auditoriya yo’q, qo’limdan kelganicha harakatdaman. Ular asabimni buzishsa, dinimni tahqirlashsa - men bunga jim qarab o’tirmayman” deb turganlar yo’q emas. Men fikrlaringizni inkor qilishga majburman. Sog’lom bo’lsangiz, deyarli har kuni ko’chada yurasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bilan kommunikatsiyadasiz. Aynan shu sizning “auditoriyangiz”. Axloqingizni go’zal qiling, yurish-turish deganlaridek. Har gapga qizishib-yonib ketavermang. Siz adekvat fikr bildirib, argumentlarni taxlab tashlasangiz ham ular nazar-pisand qilishmaydi (!). Bu degani siz vaqtingizni shunchaki havoga sovuryapsiz. Boshqa narsa emas. Buning o’rniga yuqorida aytganimizdek sokinroq, vazminroq bo’lsak – nur ustiga a’lo nur bo’lardi.

@Tingla_Hayot