Get Mystery Box with random crypto!

#python Hozirgi paytda dasturlash tillari ichida Python dastu | Timur Soliev - Revival

#python

Hozirgi paytda dasturlash tillari ichida Python dasturlash tili eng ko'p mashhurlaridan biri, eng mashhuri desak ham bo'ladi))

Reytingni shu yerdan ko'rishingiz mumkin: https://www.tiobe.com/tiobe-index/

Mashhurligini eng katta sababi bu dasturlash tilini judayam ko'p sohalarda ishlatsa bo'ladi, ya'ni bir o'q bilan bir nechta quyonni ovlasa bo'ladi.

Misol uchun:
-AI va Machine learning
-Data analytics
-Web development
-Game development
va yana boshqa judayam ko'p sohalar.

Hop endi savol pythonni qayerdan o'rgansa bo'ladi? va men qayerdan o'rganganman.

1. Coursera.com saytidagi "Python for everybody" kursi
Link (Inglizchada)
2. Programming with Mosh playlistidagi "Python full course"
Link (Inglizchada)
3. Sariq Dev you tube playlistidagi "Dasturlash Asoslari"
Link (Uzbekchada)

Super taklif

Epam kompaniyasidan Python dasturlash tilini o'rganish bo'yicha trening ochilyabdi ekan bemalol saytdan kirib registratsiya qilib treningga subscribe tugmasini bosib qo'ysangiz bo'ladi. Bu trening sizga o'zingizga portfolio qilishda va sohasining eng zo'rlaridan o'rganishingizga yordam beradi.

Trening uchun link: https://training.epam.com/Training/Details/3442?lang=en

Foydali bo'lgan bo'lsa ulashing!


@jasur_sharofiddinov