Get Mystery Box with random crypto!

TIBBIYOT OLAMI

Telegram kanalining logotibi tibbiyot_olami — TIBBIYOT OLAMI T
Telegram kanalining logotibi tibbiyot_olami — TIBBIYOT OLAMI
Kanal manzili: @tibbiyot_olami
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.80K
Kanalning ta’rifi

SAHIFALARIMIZ
🗞Tibbiy yangiliklar
📊Tibbiy faktlar
📑Qiziqarli ma’lumotlar
🖼Tibbiyotga oid tarixiy fotolar
📋Kasalliklar qisqacha izohi
📌Klinik simptomlar
🖼Klinik fotolar
☑️Foydali tavsiyalar
🍀Dorivor o‘simliklar
Reklama uchun👉 @Tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-01-21 14:38:37
Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Amirullo Inoyatovni aytishicha, bitiruvchi kurs talabalari 25-yanvardan o‘quv jarayoniga qaytishadi.

Kanalga ulanish: @Dr_Mukhtorov
1.7K views11:38
Ochish/sharhlash
2021-01-19 09:54:00
IQ nima?

IQ (aql-idrok koeffitsiyenti) – inson aql-idroki darajasining miqdoriy bahosi, boshqacha aytganda, aqliy yoshning mazkur shaxsning haqiqiy xronologik yoshiga nisbatidir.

Inson IQ si qanday shakllanadi?

IQ darajasiga bir necha omillar taʼsir qiladi, masalan, irsiyat, atrof muhit (oila, maktab, insonning ijtimoiy mavqei). Shuningdek, ushbu test natijasiga ishtirokchining yoshi katta taʼsir ko‘rsatadi. 26 yoshda odatda inson idroki o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi, undan keyin esa pasaya boshlaydi.

Kanalga ulanish: @TIBBIYOT_OLAMI
2.4K views06:54
Ochish/sharhlash
2021-01-12 18:01:02
Bruksizm

Bu tishlarni g'ichirlatishdir. Uning oqibatida kariyes rivojlanadi, chunki emalning katta joyi yemiriladi.

Bu kasallikning asosiy omili – kuchli stress.

Ikki xil yo'l bilan davolanadi:

— *kapp maxsus konstruktsiyalari.

— asab tarangligini yo'qotish.


*Кapp – qalpoqcha shaklidagi plastmassa qurilma bo'lib, butun tish qatoriga mahkamlanadi.

Kanalga obuna bo‘lish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
3.4K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-12 17:14:49
Yashil rangga qarash foydali ekanligini bilasizmi?

U nafaqat ko‘rish analizatorlarini, balki umumiy asab tizimini ham tinchlantiradi. Ko‘m-ko‘k o‘tlar yoki keng quloch yoygan yam-yashil daraxtlar rangidan boshqa hech narsa ko‘zlarning toliqishini samarali yo‘q qila olmaydi.

Shunday ekan, hoziroq telefonlaringizni bir necha daqiqaga chetga oling-da, derazaga qarang. Axir ko‘zlaringiz ham dam olishga muhtoj.

Kanalga ulanish: @TIBBIYOT_OLAMI
2.6K views14:14
Ochish/sharhlash
2021-01-11 08:52:24
Achchiq isteʼmol qilish zararlimi?

Achchiq ziravorlar taom taʼmini boyitadi, ammo xalq orasida achchiq ovqatlar oshqozon uchun xavfli bo‘lishi mumkin, degan fikrlar yuradi. Xo‘sh, kunlik ovqatlanish meʼyoriga achchiq taomlarni qo‘shsa bo‘ladimi, shunga aniqlik kiritamiz.

Aytishlaricha,

— Achchiq taom zararli — baʼzida undan keyin qorin og‘riydi yoki meʼda zarda bo‘ladi.

— Achchiq taom oshqozon va ichak devorlarini zararlab, yara kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

— Shifokorlar bejiz sog‘liq bilan muammoda shifobaxsh parhezlarni buyurmaydi va achchiq taomlarni cheklamaydi.

Aslida-chi,

Achchiq taomlarni ko‘p isteʼmol qilish ovqat hazmi yaxshi bo‘lmagan insonlarda chindan ham yoqimsiz belgilarga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo oshqozon yarasining asosiy sababchisi — aslo achchiq ovqat emas, balki Helicobacter pylori bakteriyasi chaqirgan infeksiyadir.

Kanalga ulanish: @TIBBIYOT_OLAMI
2.6K views05:52
Ochish/sharhlash
2021-01-11 05:47:36
Magniy(Mg) nima uchun kerak?

1. To’qimalar sintezi ayniqsa suyak to’qimasi uchun muhim.
2. Qon tomir silliq mushaklarini bo’shashtirib qon tomir tonusini meyorlashtiradi ayniqsa arterial qon bosimini.
3. Asab tizimiga tinchlantiruvchi shaklida ta’sir qiladi.
4. Oqsil va uglevod sintezida qatnashadi.

Qaysi mahsulotlarda bor?

bug’doy yormasi, soya uni
mag’iz
no’xat,loviya
bug’doy,arpa,non
o’rik,yong’oq
karam,sabzavotlar
sut,tvorog

B1, B6, D, C, E vitaminlari va kalsiy bilan o’zlashtirilishi oshadi. Sutkalik organizm talabi 350 - 500 mg homiladorlikda 1000-1200 mg gacha oshishi mumkin. To’liq organizm o’zlashtirishi uchun kalsiy proportsiyasi 10 ga 7 (Ca:Mg) bo‘lishi kerak.

Kanalga ulanish: @TIBBIYOT_OLAMI
2.8K views02:47
Ochish/sharhlash
2021-01-10 19:55:43
Sabzi ko‘z o‘tkirligini yaxshilaydimi?

— Ha, faqat shapko‘rlikda

Bu g‘ira-shira payt yomon ko‘radigan insonning ko‘rish qobiliyati kasalliginining nomi. Kasallik A vitamini yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadi.

Sabzi tarkibida bo‘lgan karotinoidlar kimyoviy tuzilishiga ko‘ra A vitaminiga yaqin va organizm ichida unga oson aylanadi. Vitamin tarkibi normal holatga qaytganidan so‘ng, sabzi yordamiga ko‘rish qobiliyatini yaxshilab bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish: @TIBBIYOT_OLAMI
2.4K views16:55
Ochish/sharhlash
2021-01-10 14:17:31
Semizlikni qanday aniqlash mumkin?

Buni tana-vazn indeksi orqali quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.

TVI=m/(l*l)
m-tana vazni
l-bo‘y uzunligi

Masalan, bo‘yi 160 sm(1,6m) va vazni 85 kg bo‘lgan odam
85/(1,6*1,6)=33,2

Semizlik darajalari:
Ortiqcha vazn TVI 25-30
1-daraja TVI 30-35
2-daraja TVI 35-40
3-daraja TVI 40 dan yuqori

Demak yuqoridagi odamda 1-darajali semizlik bor!

Kanalga ulanish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
3.4K views11:17
Ochish/sharhlash
2021-01-06 08:00:04 Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

Bananlar — "foyda" bilan "shirin maza" bo‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibidagi vitamin va boshqa moddalar bizning organizmizni har tomondan o‘rab turadi.

Quyida uning ko‘zga tashlanmaydigan foydali xususiyatlari bilan tanishamiz. Biroq bu barcha bananlarni ham yeyish mumkin, degani emas.

Onkologik kasalliklardan profilaktika

Bananda onkologik kasalliklarni (o‘simta nekrozi omili) oldini olishga yordam beruvchi muayyan oqsil mavjud. Bu moddaning miqdori yetilgan mevalarda ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli qora dog‘lar bilan qoplangan yoki qoraygan bananlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Tomir tortishi bilan kurash

Minerallar yetishmovchiligi — mushaklardagi tomir tortishishining asosiy sababidir. Banan kabi kaliy va magniyga boy yegulikni iste'mol qilish mushak spazmlarini bartaraf qiladi. Shu sababli ko‘plab sportchilar uni o‘z taomlari ro‘yxatiga kiritishadi.

Buyrak kasalliklarini oldini olish

Tarkibida yetarli miqdorda kaliy bo‘lgan yegulik buyrakda tosh yig‘ilishining oldini oladi. Tadqiqotlarga muvofiq, bananni doimiy taomlar ro‘yxatiga kiritish buyrakdagi xavfli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimolini ham 40 foizga qisqartiradi.

Mustahkam yurak

Yetarlicha kaliyga ega mahsulot qon bosimi oshib turadigan va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga tavsiya qilinadi. Har kuni 1,3 grammdan bu mineral tanovul qilinsa, yurak bilan bog‘liq hastaliklarni 26 foizga qisqartiradi. Bu o‘rinda esa kuniga 2-3 dona banan yeyish foydali.

Toza qon tomirlar

Tomirlar o‘tkazuvchanligining yomonlashuviga ateroskleroz keltirib chiqaruvchi xolesterin sabab bo‘ladi. Bananlarda tomirlar tizimining salomatligini saqlaydigan fitosterollar mavjud.

Sog‘lom oshqozon

Bananlar oshqozon yarasi mavjud bo‘lgan kishilarga tavsiya qilinadi. Bu mevalar oshqozon devorini himoya qiluvchi shilimshiq sekretsiyasini ishlab chiqarishga yordam beruvchi maxsus fermentga ega.

Energiya manbai

Vitaminlar va minerallar ko‘pligi bananlarni ajoyib energiya manbai ekanligini tasdiqlaydi. Oddiy uglevodlar tezda hazm bo‘ladi va deyarli bir zumda zarur hollarda energiya resurslari taqchilligini to‘ldiradi.

Yaxshi kayfiyat

Bananlarda baxt garmoni (dofamin), shuningdek, asab tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi V guruhidagi vitaminlarga boy. Bu esa asablar taranglashib, kayfiyat buzilgan ko‘proq banan yeyish kerakligini anglatadi.

Diabetga yordam

Bu tropik mevalarda 2 toifali qand diabeti bilan og‘ringan bemorlar ahvolini yaxshilaydigan o‘zgacha kraxmal turi mavjud. Biroq bu modda ko‘proq yashil bananlarda uchraydi. Taqqoslash uchun, yashil mevada o‘rtacha hajmda — 12,5 gramm, yetilib pishganda esa 5 gramm kraxmal mavjud.

Kelishgan qaddi-qomat

Kraxmal ortiqcha hajm va yog‘li qatlamlar shakllanishining oldini oladi. Bu holatda tavsiya etiluvchi meva miqdori — 10 gramm. Albatta, bananlar yeyishdan tashqari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda oziqlanish odatlarini nazorat qilish talab etiladi.

Tibbiyot olami kanaliga ulanish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
4.0K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-01-06 06:55:46
Ambidekstriya nima?

Ambidekstriya - ikki qo‘lda bir xil faoliyat olib borish qobilyati bo‘lib, tug‘ma yoki hayoti davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda bitta qo‘l yetakchi bo‘lmaydi.

Bunday odamlar biror harakatni o‘ng va chap qo‘lda bir xil tezlik, aniqlik va kuchda bajara oladi.

Tibbiyot olami kanaliga ulanish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
2.8K views03:55
Ochish/sharhlash