Get Mystery Box with random crypto!

TIBBIYOT OLAMI

Telegram kanalining logotibi tibbiyot_olami — TIBBIYOT OLAMI T
Telegram kanalining logotibi tibbiyot_olami — TIBBIYOT OLAMI
Kanal manzili: @tibbiyot_olami
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.80K
Kanalning ta’rifi

SAHIFALARIMIZ
🗞Tibbiy yangiliklar
📊Tibbiy faktlar
📑Qiziqarli ma’lumotlar
🖼Tibbiyotga oid tarixiy fotolar
📋Kasalliklar qisqacha izohi
📌Klinik simptomlar
🖼Klinik fotolar
☑️Foydali tavsiyalar
🍀Dorivor o‘simliklar
Reklama uchun👉 @Tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-28 11:37:56 Bosh og'rig'ining asosiy sabablari

Bosh og'rishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Ba'zida u bizni ishdan qoldiradi, ba'zida asabiylashishimizga sabab bo'ladi, ba'zida esa charchatib qo'yadi. Bosh og'riqni 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:

1. Stress

Ba'zida stress, ko'p ishlash va asabiylashish bosh og'riqqa olib kelishi mumkin.

2. Ob-havo va undagi o'zgarishlar
Havo haroratining o'zgarishi, quyosh nurlarining yetishmasligi va atmosfera bosimini o'zgarishi asab tizimiga salbiy ta'sir etishi mumkin.

3. Gormonlar o'ynashi
Bu ko'proq ayollarga tegishli bo'lgan holat bo'lib, ovulyatsiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida ro'y beradi.

4. Alkogol ichimliklar
Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino "boshga uradi".

5. Ochlik
Uzoq vaqt davomida och bo'lib qolish, organizmda toksinlarni ko'payishiga olib keladi, bu esa bosh og'riqni yuzaga keltiradi.

6. Uyqusizlik yoki aksincha, ko'p uxlash
Uyqusizlik ko'p uxlash kabi bosh og'riqni keltirishi mumkin.

7. Mushaklarning zo'riqishi
Uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo'yinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zo'riqish beradigan holatda bo'lish bosh og'riqni keltiradi.

8. Ko'zning toliqishi
Ko'z asablarining zo'riqishi (televizor ko'rish, sizfatsiz video ko'rish va hokazo) bosh og'riqni yuzaga keltirishi mumkin.

9. O'tkir hidlar
Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qo'zg'atadi.

10. Boshqa sabablar
Undan tashqari bosh og'riq 50 dan ortiq kasallik alomati bo'lishi mumkin.
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
877 viewsDoctor Muxtorov, 08:37
Ochish/sharhlash
2022-07-26 12:25:51
Asal foydalimi?

Asal tarkibida eng ko'p uchrovchi ozuqa bu fruktoza va saxaroza, shuningdek vitaminlardan A, B², B⁶, C, E va K. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, asal tarkibidagi eng qimmatli ozuqa bu tabiiy antibiotik ishlab chiqaruvchi uning bakteriyalaridir.

Faktlar shuni isbotlaydiki, asal bu shakar, shuning uchun ko'p iste'mol qilish yaramaydi. Eng yaxshisi, kun davomida asal iste'molini 30gr dan oshirmang.

Safimizga qo'shiling
@TIBBIYOT_OLAMI
1.3K viewsDoctor Muxtorov, 09:25
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:19:31 ​​Tilimi til yorar yoz neʼmati

Bozorlarga kirsangiz, noz-neʼmatlarning koʻpligidan koʻzingiz quvnaydi. Oʻzbekiston oʻzining shirin taʼmli, ajoyib shifobaxsh xususiyatlarga ega turli xil meva va poliz mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Ular orasida oʻzining xushxoʻrligi va lazzatliligi bilan dunyo xalqini lol qoldirgan, tilimi tilni yorar qovunning oʻz oʻrni bor.

Boʻrikalla, asadi, obinovvot

toshloqi, bekzodi, oqnovvot, koʻkcha, gulobi, qoʻybosh, umrvoqi, arkoni, shakarpalak, shirinpoʻchoq, qoraqand… Ha, bir-biriga oʻxshamaydigan yuzlab qovun navlari faqat bizning oʻlkamizdagina yetishtiriladi. Maʼlumotlarga qaraganda xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi mavjud ekan. Dono xalqimiz qovun navlariga uning tashqi koʻrinishi, taʼmi, urugʻining rangi, pishish muddati singari sifatlarga alohida eʼtibor bergan holda nom bergan desak, yanglishmaymiz.

Sogʻliq uchun foydasi bisyor

Qovun ajoyib mazasi, hidi, koʻrinishi bilan kishi eʼtiborini oʻziga tortmay qoʻymaydi. Odatda qovunni yangi uzib olingani tanovul qilinadi, bundan tashqari, undan murabbo, qiyom, marmelad, povidlo, kompot va turli shirinliklar tayyorlanadi.
Qovunning atrofga taralib turgan xushboʻy hidli magʻzida hazmi yengil qand, kraxmal, oqsil, har xil vitaminlar, biriktiruvchi moddalar, pektin, organik kislotalar, turli mineral tuzlar mavjud. Ayniqsa, uning mevasida temir va kaliy tuzlari bor.
Qovunni qancha koʻp yesangiz, oʻzingizni qarilikdan saqlagan boʻlasiz. Uning tarkibidagi S vitamini kasalliklarga qarshi immunitetni oshirib, qon tomirlar devorini kuchaytirishini ham unutmang. Shunday ekan, qish paytida tez-tez shamollaydigan, grippga chalinadigan insonlar yozda maza qilib qovun yesalar bas. Arzimagan urilish, shikastlanish sababli terisi koʻkarib qoladigan insonlar ham koʻproq qovun isteʼmol qilishlari lozim.

Ayollar sogʻligʻi uchun foydasi katta

Qovunda mavjud boʻlgan foliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur boʻlgan modda boʻlib, uningsiz farzandga sogʻlom ona boʻlish meʼyorida boʻlolmaydi. Ayollar, ayniqsa homilador ayollar ovqatlanish ratsionlariga qovunni qoʻshishlari zarur va foydalidir. Aytgancha, qovunda mavjud boʻlgan kremniy suyak, soch va terining sogʻlom boʻlish muvozanatini taʼminlaydi.

Kayfiyatni bir zumda koʻtaradi

Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Negaki, uning magʻzida serotin moddasini ishlab chiqarishga xos boʻlgan “quvonch gormoni” bor. Agar biron narsadan xafa boʻlgan boʻlsangiz, ikki karj qovun yeb oling — kayfiyatingiz yaxshilanadi.

Tib qonunlarida…

Tabobat sultoni Ibn Sino: “Qovun, xususan, uning urugʻi va poʻsti tomirlarni kengaytiradi, terini tozalaydi. Qovun urugʻi oftob urishidan saqlaydi, sepkil va bosh qazgʻogʻini yoʻqotadi. Pishgani ham, sapcha qovun ham siydik haydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi toshlarni yoʻqotadi”, deb yozgan.

Quritilgan qovun yurak uchun darmon

Qovunning quritilgan boʻlakchalari kaliy va magniyga boy boʻlgani uchun yurak qon-tomir xastaliklariga chalingan bemorlar uchun koni foyda hisoblanadi.

Zararini ham unutmang!

Qovunda qand moddasi koʻp boʻlgani uchun qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga, meʼda-ichak tizimining yuqumli kasalliklarida, gastrit (meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi), meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasida qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

Homilador va emizikli ayollar qovun isteʼmol qilishda ehtiyot boʻlishlari tavsiya etiladi, chunki qovunning koʻp isteʼmol qilinishi bola ichak yoʻllarida muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Unutmang!

Qovun isteʼmol qilgach, uning ketidan sovuq suv, sut, qatiq va kefir ichmang.

Kanalga ulanish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
1.3K viewsDoctor Muxtorov, 12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-20 17:29:08
Miya salomatligi uchun qanday qayg'urish lozim?

Chet tillarini o'rganish, she'rlar yodlash, krossvordlar va turli jumboqlar yechish tavsiya etiladi.

Kichik motorika mashqlari nafaqat bolalarga, balki yoshi katta insonlarga ham yordam beradi. Siz tanlagan mashg'ulot miyangizga dam bera olishiga e'tibor bering. Masalan, kashta tikish, to'r to'qish va h.k.

Miyani faqatgina intellektual salohiyatdan tashqari, yangi yo'nalishlar bilan ham stimullang. Masalan, har kuni ishga (o'qishga) boshqa yo'ldan boring; tish yuvish, soch tarash kabi kundalik yumushlarni chap qo'lda bajaring (chapaqaylar uchun aksincha).

Og'zaki hisob. Qachonki biz og'zaki hisob-kitob olib borganimizda, ikkala miya yarim sharlaridagi ko'pgina zonalar faollashadi.

Safimizga qo'shiling
@TIBBIYOT_OLAMI
1.0K viewsDoctor ISMOILOV, 14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-19 21:04:29
Osteoporoz(lot. osteoporosis)

-suyakning surunkali, progressiyalanuvchi, tizimli va almashinuv kasalligi yoki klinik sindromi bo‘lib, boshqa kasalliklar birga namoyon bo‘ladi. Suyakning zichligi pasayishi bilan xarakterlanadi.

Suyak to‘qimasida metabolizmni buzilishi bilan suyak hosil bo‘lish jarayonida katabolizmni ustunlik qilishi hisobiga suyak mo‘rtligini oshishi va mikroarxitektonikasini buzilishi, suyak mustahkamligini kamaytiradi va sinish xavfini oshirib yuboradi.

Asosiy sabab kalsiy va vitamin D almashinuvini buzilishidir.

Jarayon ko‘pincha umurtqalarda boradi, qarigan chog‘da bel bukilib qolmasligi uchun, 50 yoshdan keyin Ca va vit.D3 preparatlarni muntazam qabul qilish kerak! Ovqat ratsionida sut va sut mahsulotlarini ko‘paytirish kerak! Ayniqsa brinza, pishloq va tvorog!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
879 viewsDoctor Muxtorov, 18:04
Ochish/sharhlash
2022-07-19 11:39:29
Antibiotiklar koronavirusni davolamaydi

“Eng avval aytish kerak boʻlgan gap shu: antibiotiklar koronavirusni davolamaydi. Chunki antibiotik — bakteriyalarga qarshi vosita, virusga taʼsir etmagani yetmaganidek, uning tarqalishiga sharoit yaratib beradi.

Antibiotiklarni retseptsiz va tartibsiz qabul qilish organizmda chindan ham antibiotikka zarurat tugʻilganda u taʼsir qilmay qolishiga olib keladi. Buning sababi organizmda antibiotikka nisbatan chidamlilik paydo boʻlgan boʻladi.

Safimizga qo'shiling
@TIBBIYOT_OLAMI
952 viewsDoctor ISMOILOV, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-07-15 16:42:36
Real Medical Tibbiyot Markazi

COVID-19 kasalligi
da nafaqat nafas olish tizimi kasallanadi, balki, barcha aʻzolarga jiddiy zarar yetadi, ish faoliyati izdan chiqadi. Ushbu kasallikdan soʻng, REAL MEDICAL tibbiyot markazida siz kerakli muolajalarni olishingiz va sogʻlom hayot tarzini davom ettirishingiz mumkin.

Batafsil maʻlumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

+998884680303
+998972410303
+998972490303

Lokatsiya

"Real Medical" Tibbiyot markazi
946 viewsDoctor Muxtorov, 13:42
Ochish/sharhlash
2022-07-14 17:28:27
Semizlikni qanday aniqlash mumkin?

Buni tana-vazn indeksi orqali quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.

TVI=m/(l*l)
m-tana vazni
l-bo‘y uzunligi

Masalan, bo‘yi 160 sm(1,6m) va vazni 85 kg bo‘lgan odam
85/(1,6*1,6)=33,2

Semizlik darajalari:
Ortiqcha vazn TVI 25-30
1-daraja TVI 30-35
2-daraja TVI 35-40
3-daraja TVI 40 dan yuqori

Demak yuqoridagi odamda 1-darajali semizlik bor!

Safimizga qo'shiling
@TIBBIYOT_OLAMI
867 viewsDoctor Muxtorov, 14:28
Ochish/sharhlash
2022-07-13 17:32:52
Hojatxonaga borishni xohlagan vaqtda buni keyinroqqa qoldirish yaramaydi!

Nega

Infeksiya xavfi
Siydik qopi orqali organizmdan ajralayotgan bakteriyalar infeksion kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.

Siydik qopining kengayishi
Siydik qopi qachonki to'lishi hisobiga normadan balandlikka ko'tarilsa, uning hajmi ortishi mumkin.

Buyraklarda tosh
"Chiqindi"lar siydik qopidan buyraklarga qaytsa, u yerda avval kristall holida, keyinchalik toshlar ko'rinishida to'planib boradi.

Siydik pufagi - siydik yo'li yo'nalishi
Qachonki siydik ajralmasa, u siydik qopi orqali yana qaytadan buyraklarga tushishi mumkin.

Diskomfort, tirishish, charchoq
Qorningiz shishgani, ortiqcha suyuqlik va toksinlar yig'ilganini hos qilsangiz, keyinchalik titrash va kichik chanoq bo'shlig'ida og'riq... Bularning barchasi charchoq natijasida.


Safimizga qo'shiling
@TIBBIYOT_OLAMI
867 views14:32
Ochish/sharhlash
2022-07-11 20:32:28
Zumrat Hamroyevaga yordam beraylik!

Bemorga tezkorlik bilan Hindiston davlatida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur, aks holda kech bo‘ladi, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ortida zor yig‘lab qolmasin.
JIGAR SIRROZI – surunkali jigar kasalligi tufayli jigar strukturasida chandiqlar paydo bo‘lishi, jigarning bujmayishi «qurishi» va uning faoliyatini og‘ir yetishmovchiligidir.
Turmush o‘rtog‘i topayetgan mablag‘ yetmasligi va oilaviy og‘ir darajaga kelib qolishi bemorning SAXOVATPESHA hamyurtlarimizda ko‘mak so‘rashga olib keldi...

UzCARD 8600482926906832 Unversalbank

Tel: +(99890)718-62-36,
+(99893)459-73-55

SAVOBLI AMALNING AJRI JANNATDIR!
692 views17:32
Ochish/sharhlash