Get Mystery Box with random crypto!

4-7-8 nafas olish texnikasi uxlashingizga yordam beradi Ushb | Tibbiy sahifa 🩺

4-7-8 nafas olish texnikasi uxlashingizga yordam beradi

Ushbu mashq organizmning dam olish va ovqat hazm qilish uchun mas’ul bo‘lgan parasimpatik asab tizimini faollashtiradi. Simpatik asab tizimini esa faolligini pasaytiradi va yurak, nafas olish tizimini tinchlantiradi.

Mashq quyidagicha: tilingizning uchini yuqori old tishlaringiz orqasiga qo‘ying va butun mashq davomida tilingizni shu sohada ushlab turing. Bu sizni burun orqali nafas olishga majbur qiladi. So‘ng 4 soniya davomida burningizdan chuqur va to‘liq nafas oling. Yetti soniya nafasingizni ushlab turing. Va sakkizgacha sanash orqali - sakkiz soniya og‘zingizdan nafas chiqaring.

Bu ruhiy-emotsional holatingizni yaxshilaydi, asablarni tinchlantirib, uyquga ketishni osonlashtiradi.

Tibbiy sahifa