Get Mystery Box with random crypto!

​Soch nega to‘kiladi? Bugun dunyoda 50 foiz erkak aynan soch | Tibbiy sahifa 🩺

Soch nega to‘kiladi?

Bugun dunyoda 50 foiz erkak aynan soch to‘kilishidan aziyat chekmoqda.

Boshda o‘rta hisobda 50 mingdan 150 mingtagacha soch tolasi bo‘lishi me’yor hisoblanadi.

Uning me’yoridan ortiq to‘kilishi, avvalo, nerv tizimining zo‘riqishi tufayli boshlanadi. Qolaversa, ichki sekresiya bezlari, jigar, me’da-ichak yo‘li a’zolari faoliyatining buzilishi, vitamin yetishmasligi yoki soch folikulalaridagi tug‘ma nuqsonlar ham bunga turtki bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, seboreya (yog‘ ajralishining buzilishi) natijasida sochning erta to‘kilishi ehtimoli mavjud.

Asabiylik, jismoniy charchoq va boshqalar oqibatida ko‘pincha soch uya-uya yoki dumaloq-dumaloq bo‘lib to‘kiladi. Bundan tashqari, toliqish va uyqusizlik oqibatida ham soch kamayishi kuzatiladi.

batafsil

Tibbiy sahifa