Get Mystery Box with random crypto!

Kamqonlikka uyga davolanishni o‘ziga yarasha qoidasi bor. E | Tibbiy sahifa 🩺

Kamqonlikka uyga davolanishni o‘ziga yarasha qoidasi bor.

Eng avvalo qaysi turdagi kamqonlik sizda bor ekanligini aniqlab olish kerak. Tibbiyotda shu kungacha 40 ga yaqin kamqonlik turi mavjud va ularning har birida davolash farq qiladi.

Biz adashib, ko‘pincha temir tanqisligi anemiyasiga o‘zimizcha uyda davo qilamiz. Lavlagi ichamiz, olma yeymiz va hokazo.

Ayrim anemiya turlari borki bular nafaqat foydasiz, balki zararli ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, organizm temir ortiqchaligi tufayli zaxarlanib kamqonlik yuzaga kelganda yana temirga boy ovqatlar orqali davolashga urinish juda katta xatolikdir.

acramov

Tibbiy sahifa