Get Mystery Box with random crypto!

Uyqu me'yori buzilishi immunitet, xotirani pasaytiradi. Odatda | Tibbiy sahifa 🩺

Uyqu me'yori buzilishi immunitet, xotirani pasaytiradi. Odatda, uyqusizlikka stress sabab bo‘ladi.

Tinch uxlash uchun zarur bo‘lgan eng foydali va ishonchli ma'lumotlar bilan tanishtiramiz

1. Uyquga bir necha soat qolganida ovqatdan voz kechish kerak.
Taom iste'moli melatonin (uyqu gormoni) va somatotrop ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi.

2. Soat 22:00 va 02:00 oralig‘ida uyquda bo‘lishga harakat qiling.
Shu vaqt ichida organizm ko‘p melatonin ishlab chiqaradi va hujayra tiklanish jarayoni amalga oshadi.

3. Yetarli qorong‘i muhitda uxlang. Ko‘zga tushgan yorug‘lik melatoninni parchalab yuboradi. U organizmni yoshartirish xususiyatiga ega.

4. Uyqu uchun eng foydali holat - o‘ng yonbosh bilan yotish hisoblanadi.
Siz chap yonbosh bilan yotganingizda yuragingiz umurtqa va ko‘krak qafasi oralig‘i hamda o‘pkaning bosishidan zo‘riqish his qiladi

5.Uyqu rejimi. Har kuni bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turishga odatlaning.

6.Uyqudan oldin kichik jismoniy harakatlar bilan shug'ullaning

Tibbiy sahifa