Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashda sohaga oid terminlarni bilish muhim hisoblanadi. | Ayyubxon Fargʻoniy

Dasturlashda sohaga oid terminlarni bilish muhim hisoblanadi. Ba'zi dasturlashni o'rganishni boshlaganlar shu narsani e'tiborga olmaydi. Quyida terminlar kerak bo'ladigan o'zim bilgan ba'zi holatlarni keltirib o'tmoqchi edim:

1. Ishga kirishda suhbatda.
Qayerga ishga suhbatga topshirmang albatta savol-javob bo'ladi. Bu savol-javobda sizdan savollar aynan dasturlashdagi, siz ishga topshirayotgan yo'nalishdagi terminlar orqali so'raladi. Siz biror narsani bilishingiz va uni ishlatgan bo'lishingiz mumkin, lekin uni nazariy nomini bilmasligingiz mumkin. Shunday holatda suhbat qiluvchi sizni bilimsiz deb o'ylashi mumkin.

2. Jamoaviy ishlashda.
Jamoa bo'lib ishlashda kundalik ish jarayonida jamoadoshlar bilan juda ko'p muhokamalar va fikr almashish kerak bo'ladi. Aynan shu jarayonlarda sohaga oid terminlar juda ko'p ishlatiladi.

3. Muammolarga yechim qidirishda
Biror muammoga duch kelganingizda muammoga yechim qidirib topishingiz uchun terminlar juda kerak bo'ladi.