Get Mystery Box with random crypto!

ARABICni osonroq o'rganish mumkinmi? 2-3 ta darsdan beri ketm | Mari's planet🇺🇸️

ARABICni osonroq o'rganish mumkinmi?

2-3 ta darsdan beri ketma-ket ustozim meni maqtayotgani uchun ilhomlanib Arabic o'rganish processimda qo'l kelgan ishlar bilan bo'lishmoqchiman .

1. Ko'proq gaplar tuzing. Yozib tuzishga harakat qiling. Xato qilishdan qo'rqmang. Har-xil strukturalarni sinab ko'ravering.

2. Kichkina essaychalar yozing ko'p. Maktab mavzusida so'z yodlasangiz "Mening maktabim" mavzusida essay yozing. Va gapiribering

3. O'tilgan mavzuni darsdan tashqari o'zingiz ham mustaqil o'rganing boshqa resurslardan. Masalan, youtube to'la tekin dars. Zoo'r tushuntirgan. Inglizchada faqat . Shunda yanada yaxshiroq tushunasiz mavzuni. Men ishlatadigan youtube kanal: https://youtube.com/c/EasyArabic

4. Multfilm ko'ring . Men boshida qiynalardim. Endi osonroq bo'lyapti. "Tushunmasangiz ham ko'ravering" dedi ustozim. Hozir zo'r youtube kanal topdim multfilmlari bor ekan. Inglizcha subtitle bilan. Listeningga zo'r yordam beradi. https://youtube.com/user/mansourcartoon

Xullas, ortga chekinmang. Menga ham juda chalkash tuyiladi ba'zida. Talaffuzi qiyindek. Lekin qiziq. Yana bir tilni bilish, yana eshiklar ochilishi zo'rku . Omad

Kimlar Arabic o'rganyapti? Men darajamni aniq bilmayman. Sizniki qanaqa?

Yours, Marvarid @thoughts_different