Get Mystery Box with random crypto!

MUVAFFAQIYATLI TELEGRAM BLOG YURITISH Hozir haaar ikkita odam | Mari's planet🇺🇸️

MUVAFFAQIYATLI TELEGRAM BLOG YURITISH

Hozir haaar ikkita odamning bittasida telegram blog bor. Ayniqsa, qizlarni orasida avj olgan. "Falonchining worldi", "Pistonchingiz planetasi" va hokazolar. Lekin sifatga kelganda, judayam ko'pchiligi saviyasiz, foydasiz, qiziq emas. Kuzatuvchilariyam shunga yarasha kam.

Nima qilish kerak?

1. Content. Aynan nima mavzularni qamrab olgan blog qilmoqchisiz? Aniqlab oling.

2. Foydali postlar yozing. Judayam looong read bo'lmasin. Kitob o'qishadi uni o'rniga, blog emas. Va postingiz abzaslarga bo'lingan, orasi ajratilgan bo'lsin. Bir-biriga yopishib ketganmas.

3. Postga mos rasm ham attach qiling. Rasmni sifati bo'lsin. Pinterest.com appidan foydalaning.

4. Shaxsiyatingiz, xarakteringiz postlaringizda ko'rinib tursa, kuzatuvchilarni qiziqishi ham oshadi. Emotsiyasiz, jiddiy yozilgan post va hazil qo'shilgan, yozuvchini xarakteri namoyon bo'lib turgan postni farqi katta

5. Tezda odam yig'volishga, hali reklamaga tayyor bo'lmay turib reklama qildirishga, chiqib ketgan kuzatuvchilar uchun tashvishlanishga shoshmang. Meni kanalim ochilgandan boshlab 1 yilga yaqin muddatgacha 200 kuzatuvchidan iborat bo'lgan. Baribir davomiy post qo'yganman. Shunchaki bloggingni o'rganganman tajriba qilib ko'rib va keyin birdaaan "booom" . Telegramchilar orasida tarqagan Marining planetasi .

6. Tartib bo'lsin kanalda. Kirgan odam rohatlansin. Havasi kelsin. Betartib, bir qarasang ashula, bir qarasangiz qaysidir kanaldan forwarded message, bir qarasang tiktok video tashlaydigan kanal egasi bo'lmang

7. Kanal ochish, ko'p kuzatuvchilarga ega bo'lish uchun nimadir muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lish shart emas. Lekin o'sha tomon yo'lda ketayotgan bo'lishingiz MUHIM. Masalan, siz abituriyentsiz. Oddiygina. Har kunlik routine'ni yoritib boshqa tengdoshlarga ham ilhom bera olasiz. Qanday qilib yuritishingizga bog'liq kanalni

8. Haqiqiy o'zingiz bo'lib yozishga kanaldagi kimdandir uyalayotgan bo'lsangiz, u odamni chiqarvoring kanaldan. Va true self ni ko'rsating

Kanalingiz bormi? Uni rivojlantirishni xohlaysizmi?