Get Mystery Box with random crypto!

QANDAY QILIB AMERIKAGA KETISHIM MUMKIN? 1. Work&Travel. Pul s | Mari's planet🇺🇸️

QANDAY QILIB AMERIKAGA KETISHIM MUMKIN?

1. Work&Travel. Pul sarflaysiz ketishdan avval. $3000 atrofida balki kamroq balki ko'proq. Keyin Amerikaga kelib anchagina pul ishlab ketasiz. Buning uchun siz student bo'lishingiz kerak. 1-,2-,3-kurs. 4-kurslar ketmaydi chunki qolib ketishlari aniq. Yozda ishlaysiz. Avvallari Uzb universitylaridan ketishmasdi chunki yozgi ta'til to'g'ri kelmasdi. Hozir kelishyapti lekin.

2. Green card yutish. Eng oson, tinch va zo'r yo'li. Buni yutish ehtimoli kam albatta. Lekin umuman yo'q emas. Har yili omadingizni sinab ko'ring. Oktyabr, noyabrda o'ynaladi. Qizil passportingiz va green card talabiga mos rasm bo'lsa bo'ldi. Green card yutsangiz, hech kim sizga uy, ish, o'qish tayyor qilib bermaydi. Hammasini 0dan qurasiz o'zingiz Amerikaga kelib. Lekin u sizga xohlaganingizcha Amerikada yashash imkonini beradi. Bu judayam zo'r

3. FLEX. Maktab o'quvchilari uchun zo'r imkoniyat. 1 yil Amerika maktabida bepul o'qiysiz. Mezbon oilada birga yashaysiz. Maaazaa. Inglizchani bilish shart va boshqa skillar talab qilinadi. Do your research!

4. Global UGRAD. Eehhhee bu haqida juda ko'p yozganman . Universitetda 1-2-3-kursda o'qiyotganlar uchun 1 semestr bepul Amerikada o'qish imkoniyati. Maaazaa.

5. SUSI. Bu faqat qizlar uchun . Yozda Amerikada leadership bo'yicha o'qitiladi. Bu ham bepul.

6. Bachelor's degree. Bakalavrga Amerikaga kelib o'qishingiz mumkin. Scholarship yutsangiz bo'ladi. Hamma universitet har-xil scholarship taklif qiloladi. 25 foizdan boshlab 100 foiz ham yutishingiz mumkin.

7. Master's degree. Bu ham xuddi shunaqa. Uzbekistondan scholarship yutib ketsangiz ham bo'ladi masalan El-yurt umidi. Bakalavrga ham.

Shunaqa gaplaar. Tepada yozgan dasturlarimga qabul haqida US embassy kanalidan ma'lumot olib turishingiz mumkin. Bakalavr, magistraturaga esa o'zingiz research qiliib, univer tanlaab, list tuziib topshirasiz. Men hozir magistraturaga dasturlar qidirib yuribman o'zimga. Bu yil topshirmayman albatta. Chunki backgroundim ustida ko'p ishlashim kerak hali!

Sizlarga omad!

Yours, Marvarid
@thoughts_different