Get Mystery Box with random crypto!

Qancha dunyoqarashingiz keng bo'lsa, shuncha yaxshi. 1. Kimd | Mari's planet🇺🇸️

Qancha dunyoqarashingiz keng bo'lsa, shuncha yaxshi.

1. Kimdir bilan suhbatlashganda a b c deb gap topomasdaan, nima deyishni bilmay o'tirmaysiz

2. Katta davralarga kirishdan qo'rqmaysiz

3. Erga tesez, "ee san tushunmisan" degan gap eshitmaysiz (yana ermi)

4. IELTS speakingda dovdirab o'tirmaysiz ayniqsa part 3da, writingdayam task 2da.

5. Vaziyatlarga bir tomonlama baho bermaysiz

Xullas, dunyoqarashni kengaytirish kerak. Yomon tomoni esa ba'zilarni gapini eshitib ko'p ensangiz qotadi . Balki bu uni dunyoqarashi tor sizniki kengligidan emas, shunchaki fikrlaringiz har-xilligidan bo'lishi ham mumkin.

Dunyoqarashni kengaytirishni, ko'p bilimlarga ega bo'lishni yo'li ko'p. Kitob o'qishdan boshqayam. Men documentary ko'rishni boshladim. Siz ham ko'ring yoqsa. https://youtube.com/c/frontline bu men sevgan youtube kanal.

"Voy Mari o'zbekchasidan yo'qmii" deyapsizmi demak siz dunyoqarash kengaytirishni til o'rganishdan boshlashingiz kerak! Bugunoq!

Yours, Marvarid @thoughts_different