Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga, 19-dekabrda o'zbekcha video-o'yin taqdimoti bo'lib o't | Techno Ali

Ertaga, 19-dekabrda o'zbekcha video-o'yin taqdimoti bo'lib o'tadi.

Hozircha o'yin haqida faqatgina uning nomi va Amir Temur xotirasiga bag'ishlanganligi ma'lum xolos.

Toshkentdagi yurtdoshlarimiz Hilton mehmonxonasiga borib, taqdimotda qatnashishlari mumkin. O'yinni ishlab chiqaruvchi guruh yetakchisiga ko'ra, o'shayerda o'yinni o'ynab ko'rish imkoniyati ham yaratilar ekan.

"Mangu Sarkarda" o'yini haqidagi gaplar ijtimoiy tarmoqlarda qariyb yarim yildan beri aylansa ham, lekin hech qanday ma'lumotlar yo'q haligacha. O'yin qanday janrda ekani, "AAA" ta'rifiga mos keladimi-yo'qmi, buni ertaga bilib olamiz.

O'zim taqdimotga bora olmasamda, onlayn translatsiyani (agar bo'lsa) kuzatib borishga harakat qilaman. Agar sizning imkoningiz bo'lsa, boring va o'z ko'zingiz bilan ko'ring.

Kuzatishda davom etamiz.

@TheTechnoAli