Get Mystery Box with random crypto!

​3D modellashtirish uchun 3Ds Maxni emas, Blenderni o'rganish | Techno Ali

3D modellashtirish uchun 3Ds Maxni emas, Blenderni o'rganish kerakligiga 11ta sabab.

Hozirda yurtimizda 3D modellashtirishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Sanoat standarti sifatida bu sohada asosan Autodesk 3Ds Max dasturida ishlanadi. Lekin ko'pchilik hech e'tibor berib ko'rmagan Blender dasturi ko'proq afzalliklarga ega ekani haqida bilasizmi? Quyida shu bo'yicha 11ta farqni keltiraman:

- Autodesk 3Ds Max dasturining yillik obuna narxi 1620 dollar turadi. Blender esa bepul!

- Youtubeda 3Ds Max qo'llanmalariga qaraganda Blender qo'llanmalari 50-60 foizga ko'proq!

- Blender dasturida ham professional modellar, animatsiyalar, vizual effektlar yaratish mumkin!

- 3Ds Maxni iPhonega qiyoslasak, Blenderni Android deyishimiz mumkin: ko'plab bepul plaginlar mavjud, bular orasida inson harakatlarini kamerada kuzatib, animatsiyaga ko'chirib beradiganlari, insonni yuz suratlariga qarab yuzning 3D maketini yasab berish, Google xaritadan biror bir hududning 3D holatini olish va hokazo plaginlar mavjud.

- Youtubeda Blenderda yaratilgan animatsion multfilmlarni ko'ring, sifat darajasidan farqini sezmaysiz ham!

- Blender dasturi huddi 3Ds Maxdagidek qahramon modelini yaratish, rigging (boshqaruv uchun suyaklar o'rnatish, aniq ta'riflab berolmayman)dan tashqari huddi Maya dasturidagidek 3D haykaltaroshlik (3D Sculpture) funksiyasi ham mavjud.

- Blender dasturi nafaqat Windows va Macda, balki Linux operatsion dasturida ham ishlaydi.

- Blenderda kino sanoatida keng qo'llaniladigan ko'plab vizual effekt funksiyalari, animatsiyalar to'plamlari mavjud.

- Render uchun ko'plab renderlash dvijoklari mavjud. Va ular ham bepul.

- Blender dasturida tayyorlanayotgan animatsiyani videomontaj qilish ham mumkin.

- Blender dasturida tayyorlangan modellarni ham Unity va Unreal Engine dasturlariga eksport qilish mumkin.

Ko'rib turganingizdek, o'lcham jihatidan uncha katta bo'lmagan, foydalanuvchi interfeysi birinchi ko'rishda xunuk tuyuladigan bu dasturni pullik ekvivalentiga ko'ra bir qator afzalliklari mavjud. Shu sabab agar bu sohaga qadam qo'yishni o'ylayotgan bo'lsangiz, aynan qaysi dasturni tanlash kerakligi haqida yaxshilab o'ylab ko'ring.

@TheTechnoAli