Get Mystery Box with random crypto!

The Shaxsiy

Telegram kanalining logotibi theshaxsiy — The Shaxsiy T
Telegram kanalining logotibi theshaxsiy — The Shaxsiy
Kanal manzili: @theshaxsiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 169
Kanalning ta’rifi

© Mashrabbek Shavkatbekov | The Shaxsiy
Diniy emas shaxsiy kanal!
Postlarni boshidan o'qib chiqish:
t.me/theshaxsiy/9
@mayli_yozing

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-26 18:29:45 Meni oʻzgartirgan salom

Bir DAN xodimi aytib berdi:

“Oylik olgan kunim edi. Qoʻshimchasiga mukofot puli ham berishdi. Kayfiyat zoʻr. Bugun hech kimga jarima yozmayman dedim-da, ishga chiqdim.

Xizmat joyimda tursam, uzoqdan yangi inomarka kelyapti. Toʻxtatdim.
- Assalomu alaykum, aka yaxshimisiz?
- Va alaykum assalom. Allohga shukr.
- Moshinalar muborak boʻlsin!
- Sizga bundanam yaxshisini nasib etsin!
- Aka, men Falonchi Falonchiyev... Xizmatchilik, hujjatlaringizni tekshirib qoʻysak.

Haydovchi bemalol dedi-da, hujjatlarini taqdim etdi. Sinchiklab tekshirsam-da biron muammo topolmadim. Bazadan shtraflarni tekshirdim: top-toza. Shunda shayton qurgʻur eski sinalgan usulingni qoʻlla, deb qulogʻimga quydi. Haydovchiga jiddiy qarab:
- Aka nima qoidabuzarlik qilganingizni bilasizmi, - dedim.

Odatda, bunaqa paytda malakasiz va eʼtiborsiz haydovchilar oʻzini yoʻqotib qoʻyar, ularga bironta navbatchi qoidabuzarlikni qoʻyvorsa boʻlaverardi. Haydovchi aka oʻzgarmadi ham, oʻsha-oʻsha kayfiyatda ”bilmasam“ dedi. ”Tuzoqqa ilindi“ dedim ichimda.

- Polosani bosdingiz. Protokol qilamizmi?

Haydovchi hech boʻlmasa men bilan tortishishi, haqini talab qilishi, jilla qursa, ”yozmay qoʻyovring, kamandir“ deyishi kerak edi. Inomarka egasi favqulodda xotirjamlik bilan:
- Qoidani buzgan boʻlsak, yozavering, - dedi.

Toʻgʻrisi bunaqa xotirjam haydovchini umrimda birinchi marta koʻrib turibman. Bir tarafdan jahlim chiqadi, ikkinchi tarafdan vijdon qiynalyapti. Oxiri maqsadga oʻtdim:

- Gʻalati odam ekansiz, kim nima desa ishonaverasizmi? - dedim kulgi aralash. U esa menga shunday javob berdiki, boshim gʻovlab ketdi:
- Gʻalati emasman. Menga Allohning salomini yoʻllab, goʻzal muomala qilgan odam meni aldamasa kerak.

Javob oʻq boʻlib yuragimga joylangan edi. Ters oʻgirildim-da, dodlab yubormaslik uchun chuqur nafas oldim. Hujjatlarni qaytarib berarkanman:
-Uzr soʻrayman, ketavering, hech qanday qoidabuzarlik qilmadingiz, dedim.

Inomarka egasi, hujjatlarni qutiga solarkan, ichidan kichik bir atirni oldi-da, menga berarkan: ”Mana bu hadyani qabul qiling, chin dildan, umradan olib kelgandim. Assalomu alaykum!" dedi.

Qoʻllarim qaltirab zoʻrgʻa oldim. Yerga choʻkkalab uzoq oʻylanib qoldim.

Inomarka egasi menga moʻminlikni oʻrgatib ketgan edi. Oʻshandan beri birovga nohaq jarima yozmadim, hech kimga yomon muomala qilmadim...

Davronbek Tojialiyev

@theshaxsiy
210 views15:29
Ochish/sharhlash
2023-02-26 18:22:54 - Ogʻir damlaringizda
Esladingizmi meni?
- Oʻylab koʻrsam biror bor
Eslamabman-a seni.
- Nahot bir martagina
Yodga olmasa yurak?..
- Eslamoq uchun, axir,
Avval unutish kerak...

Xayrulla Hamidov
222 views15:22
Ochish/sharhlash
2023-02-25 19:53:27
Farozsatsizlikning eng quyi darajalari.

Ps/ Xulosa o'zingizdan.
@theshaxsiy
321 views16:53
Ochish/sharhlash
2023-02-25 10:19:01 Banda aybni oʻzidan qidirsa, oʻziga foyda.

Birov unga yomonlik qilsa, gunohlarim tufayli shunday boʻlyapti, desin.

Ayoli itoatsizlik qilsa, koʻchadagi ochiq-sochiqlarga qarab qoʻyganim, ular bilan kulishib, hazillashganim tufayli boʻlyapti, desin.

Odamlardan zulm koʻrsa, bir vaqtlar osmonga koʻtarib maqtashgandi, xush yoqib turavergandim, oʻshaning jazosi boʻlyapti, desin.

Toʻgʻri aytgan bir gapini egri tushunib olib, unga ozor berishsa, tungi namozlarga beparvo boʻlganim uchun Alloh: “Mendan madad soʻramaguningcha hech ishing oʻngidan kelmaydi”, deya meni ogohlantiryapti, shekilli, desin.

Va hokazo...

@theshaxsiy
247 views07:19
Ochish/sharhlash
2023-02-25 04:14:06 Yaxshilik qilgandek koʻrinma! Yaxshilik qil, koʻrinma!
237 views01:14
Ochish/sharhlash
2023-02-24 03:43:43 Bugun musulmonlar uchun bayram (Juma). Ahli oilangizga yaxshi muomilada bo’ling, qodir bo’lsangiz hadyalar ulashing) Hech bo’lmasa bir tabassum))
379 views00:43
Ochish/sharhlash
2023-02-23 05:08:12 Ahmoq endi qilmoqchi boʻlgan ishini gapiradi.
Maqtanchoq qilib oʻtgan ishlarini gapiradi.
Oqil esa qiladi-yu, gapirmaydi.

arabicuz | @theshaxsiy
326 views02:08
Ochish/sharhlash
2023-02-22 04:02:28 O'lim - go'yo odamlar unga navbatda turganga o'xshaydi, kimdir o'ldimi demak sening navbating bitta oldinga surildi. Eng qo'rqinchlisi esa sen bu qator (navbat) ning qayerida turganing noma'lum.

Uzlatiy | @theshaxsiy
513 views01:02
Ochish/sharhlash
2023-02-20 19:00:21 "Oʻzi ilm sohibi, jiddiy va hushyor boʻlsada, odamlardan chetlanib olgan kishini koʻrsangiz, uni  kitoblarga muhabbat qoʻygan, nafis kutubxonaga  bogʻlanib qolganlikda “ayblash”ingiz mumkin".

@mayli_yozing
245 views16:00
Ochish/sharhlash