Get Mystery Box with random crypto!

The Ozodov

Telegram kanalining logotibi the_ozodovv — The Ozodov T
Telegram kanalining logotibi the_ozodovv — The Ozodov
Kanal manzili: @the_ozodovv
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 420
Kanalning ta’rifi

Fikrlarim, kuzatuvlarim, kundaligim.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-10-11 13:56:14
2021-yil uchun Iqtisodiyot fanidan Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilindi

Bugun Shvetsiya qirollik akademiyasi tomonidan Stokgolmda Iqtisodiyot fani bo'yicha bu yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilindi:

1. David Card - mehnat iqtisodiyoti faniga hissa qo'shgan empirik tadqiqotlari uchun;

2. Joshua Angrist va Guido Imbens - birgalikda, sabab bog'liqliklarini tahlil qilish metodologiyasiga qo'shgan hissasi uchun.

@The_Ozodovv
288 viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2021-10-07 15:02:15 Telegramdagi UzbekLife kanalida Germaniyada siyosatshunoslik bo'yicha tahsil olayotgan DAAD stipendianti Mahkam Hamidov bilan jonli suhbat boshlanyapti:
https://t.me/uzbeklifeofficial/787
Tinglab, savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.

@The_Ozodovv
367 views12:02
Ochish/sharhlash
2021-10-07 14:45:21 Uzoq rejalashtirlgan Online Seminar:

Mavzu: Germaniyada ta'lim olish.
(Barcha soha uchun, Bakalavr, Magistratura)

O'tkazilish vaqti: 07.10.2021, soat 19:00 (O'zbekiston vaqti bilan)

Seminar quyidagi reja asosida o'tkaziladi:
- Germaniyada bakalavr o'qish;
- Germaniyada bakalavrga o'qishni
ko'chirish;
- Germaniyada Magistratura o'qish.
- Auditoriya bilan savo-javob

Seminar spikeri: DAAD va Hanns Seidel Stiftung jamg'armasi stipendianti, Otto-Friedrich Universitet Bamberg magistranti, xalqaro toifadagi xorijda ta'lim olish bo'yicha Edu-Action kompaniyasi eksperti Umidjon Karimberdiev.

Seminar moderatori: Für Medizin und Studium guruhi asoschisi kamina Bunyodbek Jalolov.

Manzil: Telegramdagi Für Studium und Medizin guruhi.

Konferensiya Linkini bir soat oldin guruhda qoldiramiz

Habarni Germaniyada ta'lim olmoqchi bo'lgan do'stlaringiz bilan ulashing.
https://t.me/feurmedizin
306 views11:45
Ochish/sharhlash
2021-10-01 02:07:27 O'qituvchilar haqida "ikki og'iz" longrid

Har safar qaysidir kasb vakilidan qandaydir ishim bitganda "ha, bu kasb egalari rostan ham muhim odamlar" deb takrorlab tursam ham, mening fikrimcha, shubhasiz, o'qituvchilar jamiyat, insoniyat uchun eng muhim toifadagi insonlar hisoblanadi.

O'qituvchilar faoliyatiga barcha davrlarda bahsli baholar berishgan. Ularni siyosiy propoganda quroli yohud g'oyalar yo'nalishini belgilovchi ideologlar deb, yohud hukmron nazariyalarga qarshi chiqqani uchun inqilobchi deb, yoki masalan paxta teruvchi mashina deb tushunishgan. Albatta bular o'qituvchilarning xohishi emas. Hech kim siyosiy ambitsiyalar yoki davomat mashinasi bo'lishni orzu qilib o'qituvchi bo'lmaydi. Bu majburiyat, bu etika dilemmasi xolos. Direktorga qarshi chiqmaslik, yoki kattaroq masshtabda - siyosatga qarshi bo'lmaslik. Lekin men ishonamanki, dunyodagi barcha o'qituvchilar doim kelajak avlod bilimliroq, aqlliroq, farovonroq, baxtliroq yashashi uchun shu kasbga o'z asabini sarflaydi. Hech bo'maganda jiyani yoki ukasiga karra jadvalini yodlatgan inson bo'lsangiz ham, meni tushundingiz deb umid qilaman.

O'qituvchilar - jamiyatning poydevori, asrlar davomida insoniyat anglab yetayotgan, yaratayotgan bilimlarni avlodlarga uzatuvchi estafeta tayoqchasini ushlagan abadiy yuguruvchilar jamoasi. O'qituvchilar biznikidek jamiyatlarda doim ham davralar to'rida emasligi dilni xira qilsa ham, ishonamanki, O'zbekiston o'qituvchilari o'zlari loyiq bo'lgandan ham ko'p hurmatga sazovor bo'lishadi. Qachonlardir.

Barcha ustoz va murabbiylar, sizlarga doim eng yaxshisini tilayman. Eng yaxshi sog'lik, eng yaxshi e'tibor, eng mazmunli umr, eng yuksak qadr va boshqa eng yaxshilarini.

Sizlarni yaxshi ko'ruvchi abadiy o'quvchingiz Ozodbek.

@The_Ozodovv
404 viewsedited  23:07
Ochish/sharhlash
2021-09-27 19:25:31
DAAD stipendiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun yaxshi xabar: agar sizda til darajasini tasdiqlovchi sertifikat mavjud boʻlmasa, 9-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan TestDaF imtihonida qatnashishingiz mumkin ekan.

@testdaf_training
336 views16:25
Ochish/sharhlash
2021-09-20 13:54:57
Eslatma: DAADning 2022-2023 oʻquv yili uchun moʻljallangan stipendiya dasturlariga hujjat topshirishda kichik oʻzgarish yuz beribdi. Yaʼni, Study Scholarships – Master Studies for All Academic Disciplines, 2022/23 (57588374) dasturi uchun hujjatlarni bundan buyon DAADning yangi mydaad.de portali orqali(1-schreenshot) topshirish zarur. ERP Study Scholarships for Graduates of Economics and Business Administration, 2022(2-schreenshot) va boshqa stipendiya dasturlariga hujjat topshirish esa odatdagidek eski portal.daad.de sayti orqali amalga oshiriladi.

@nemisiston
421 views10:54
Ochish/sharhlash
2021-09-16 20:30:10 ​«Мамлакатлар таназзулининг сабаблари» китобини олдиндан буюртма бериб ҳали олмаган баъзи мижозларимиз ва дўстларимиз эътироз билдиришяпти. Олдиндан буюртма эълон қилинганда 25 сентябрдан бошлаб тарқатишни эълон қилгандик. Лекин, илтимослардан келиб чиқиб китобни тайёр бўлган қисмини навбат бўйича тарқатиб бошладик. Ким олдин буюртма берган бўлса, ўшанга олдин жўнатиляпти.

Бизга ишонинг, буюртмангиз аниқ 25 сентябргача қолиб кетмайди. Биз Ўзбекистоннинг қайси ҳудуди бўлишидан қатъий назар уйингизгача етказамиз.

Китобга олдиндан буюртма бериб улгурмаган дўстларимиз мана бу ҳавола орқали қилишлари мумкин:
https://asaxiy.uz/product/knigi/asaxiybooks_kitoblari/daron-azhem%D1%9Egli-zheims-robinson-nega-airim-mamlakatlar-farovonrok-yashaidi


@asaxiybooks
363 views17:30
Ochish/sharhlash
2021-09-16 09:55:02
Kitobni tarjimasi chiqqanidan xabardorsiz degan umiddaman!

Kitobning hammuallifi Jeyms Robinsondan murojaat. Nasib bo’lsa, keyingi yili O’zbekistonda yuzma yuz kitob taqimotini qilamiz.

Ungacha kitobni o’qib turamiz.

Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/product/knigi/asaxiybooks_kitoblari/daron-azhem%D1%9Egli-zheims-robinson-nega-airim-mamlakatlar-farovonrok-yashaidi
247 views06:55
Ochish/sharhlash
2021-09-12 22:32:57 Zamonaviy O'zbekiston haqida

Iqtisodiy-moliyaviy mavzulardagi eng mashhur nashrlardan biri - Financial Times jurnalida O'zbekiston haqida yangi turkum maqolalar chop etildi. "Special Report: Modern Uzbekistan" deb nomlangan rubrikada O'zbekistondagi bugungi iqtisodiy vaziyat, Afg'oniston muammosini yechishdagi O'zbekistonning roli, mamlakatdagi inson huquqlari muammolari, iqtisodiy o'sish suratlari kabi mavzularda yozilgan. Maqolalar ingliz tilida. O'qib ko'rishni tavsiya qilaman.

@The_Ozodovv
352 views19:32
Ochish/sharhlash