Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchilar haqida 'ikki og'iz' longrid Har safar qaysidir | The Ozodov

O'qituvchilar haqida "ikki og'iz" longrid

Har safar qaysidir kasb vakilidan qandaydir ishim bitganda "ha, bu kasb egalari rostan ham muhim odamlar" deb takrorlab tursam ham, mening fikrimcha, shubhasiz, o'qituvchilar jamiyat, insoniyat uchun eng muhim toifadagi insonlar hisoblanadi.

O'qituvchilar faoliyatiga barcha davrlarda bahsli baholar berishgan. Ularni siyosiy propoganda quroli yohud g'oyalar yo'nalishini belgilovchi ideologlar deb, yohud hukmron nazariyalarga qarshi chiqqani uchun inqilobchi deb, yoki masalan paxta teruvchi mashina deb tushunishgan. Albatta bular o'qituvchilarning xohishi emas. Hech kim siyosiy ambitsiyalar yoki davomat mashinasi bo'lishni orzu qilib o'qituvchi bo'lmaydi. Bu majburiyat, bu etika dilemmasi xolos. Direktorga qarshi chiqmaslik, yoki kattaroq masshtabda - siyosatga qarshi bo'lmaslik. Lekin men ishonamanki, dunyodagi barcha o'qituvchilar doim kelajak avlod bilimliroq, aqlliroq, farovonroq, baxtliroq yashashi uchun shu kasbga o'z asabini sarflaydi. Hech bo'maganda jiyani yoki ukasiga karra jadvalini yodlatgan inson bo'lsangiz ham, meni tushundingiz deb umid qilaman.

O'qituvchilar - jamiyatning poydevori, asrlar davomida insoniyat anglab yetayotgan, yaratayotgan bilimlarni avlodlarga uzatuvchi estafeta tayoqchasini ushlagan abadiy yuguruvchilar jamoasi. O'qituvchilar biznikidek jamiyatlarda doim ham davralar to'rida emasligi dilni xira qilsa ham, ishonamanki, O'zbekiston o'qituvchilari o'zlari loyiq bo'lgandan ham ko'p hurmatga sazovor bo'lishadi. Qachonlardir.

Barcha ustoz va murabbiylar, sizlarga doim eng yaxshisini tilayman. Eng yaxshi sog'lik, eng yaxshi e'tibor, eng mazmunli umr, eng yuksak qadr va boshqa eng yaxshilarini.

Sizlarni yaxshi ko'ruvchi abadiy o'quvchingiz Ozodbek.

@The_Ozodovv