Get Mystery Box with random crypto!

THE Muhammadbobur

Telegram kanalining logotibi the_muhammadbobur — THE Muhammadbobur T
Telegram kanalining logotibi the_muhammadbobur — THE Muhammadbobur
Kanal manzili: @the_muhammadbobur
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 168
Kanalning ta’rifi

Ota-onasi uchun eng kuchli bo’lishga harakat qilayotgan yigit!
🛴

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-07-09 13:27:46
#hazil

Rasmda shu kungacha eng ko'p foydalanilgan brauzer. Foydalanishdan asosiy maqsad: boshqa brauzerni yuklab olish.

@the_muhammadbobur
797 views10:27
Ochish/sharhlash
2020-07-09 09:52:40
#fakt

'ni tayyorlashda qaysi mashhur dasturlash tillaridan foydalanilgan?

Front-End: JavaScript

Back-End: Hack, PHP, Python, Java , C++, Erlang, D, XHP, Haskell

Database: MySQL, MariaDB, HBase, Cassandra

To'liq ro'yxat bilan tanishish

Lekin Facebookning hozirgi holatiga havas qilib bo'lmaydi.

@the_muhammadbobur
405 views06:52
Ochish/sharhlash
2020-07-02 18:56:43
#biteofcode

Videoni avtomatik boshlanadigan qilish

Ba'zi brauzerlar videoni avtomatik qo'yilishini ta'minlaydigan autoplay attributini qo'llab quvvatlamaydi. Bu qarshilikni oddiy usul bilan aylanib o'tish mumkin. Avtomatik qo'yilishi kerak bo'lgan videoga muted attributini ham qo'shib qo'yin. Xuddi rasmdagidek.

Gap shundaki video yoki audioni avtomatik qo'yiladigan qilish uchun uni ovozini o'chirib qo'yish kerak.

Codepen-dan ko'rish

Dasturlashni o'rganish: @the_muhammadbobur
429 views15:56
Ochish/sharhlash
2020-07-02 08:10:07
#hazil

If va Else haqida rasmlar gapirganda.

@the_muhammadbobur
533 views05:10
Ochish/sharhlash
2020-07-01 14:57:20 ​​#dasturchi

Ilhomlantiruv-chi dasturchilar

Rossiyalik dasturchi Alexey Pajitnovga bizning yangi rukndagi postlarimizni boshlab berish baxti nasib qildi ;)

Dasturchi ilhomlantirish mumkin bo'lgan qanday ishga qo'l urgan ekan deb o‘ylayapsizmi? Pajitnov 1984-yilda dunyodagi eng mashhur o'yinlaridan biri 'Tetris'ni ishlab chiqqan.

Siz-u, bizga yaxshi tanish bo‘lgan Tetris o'yiniga asos solingandan so'ng, darhol bir necha kompaniyalar tomonidan nashr qilina boshlangan. Lekin, 1996-yilga kelib Pajitnov sherigi Henk Rogers bilan birgalikda "The Tetris Company"ga asos solgan va o'yin huquqlarini hech kim buzishiga yo'l qo'ymagan.

Kompaniya rahbari Rogers so'zlariga qaraganda Tetris o'yini 495 milliondan ortiq marotaba pul to'lab yuklab olingan. Shuningdek 70 milliondan ortiq Tetris o'yin qurilmalari ham sotib ulgurilgan.

Xullas, dasturchi oddiy tushunchalarga asoslangan o'yini bilan hech kimni zeriktirmagan va zeriktirmay kelmoqda.

@the_muhammadbobur
390 views11:57
Ochish/sharhlash
2020-06-20 10:21:37 ​​#terminlar

Domain Name

Veb saytning domen nomi bu uning butun jahon internet tarmog'idagi manzili hisoblanadi. Foydalanuvchi veb saytga tashrif buyurish uchun uning nomini brauzerga yozishi kerak bo'ladi. Masalan: google.com. Domenlar ikki darajaga bo'lingan. Misol uchun: google.com'da google nomning asosiy qismi bo'lsa, .com ikkinchi darajali bo'lagi hisoblanadi.

Har bir veb sayt IP manzil (raqamlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi) va domen nomi bilan aniqlanishi mumkin. Ta'kidlash joizki domen nomi raqamlardan ko'ra o'qish uchun osonroq, shu sababli domendan keng foydalaniladi. Veb saytingiz oson topilishi uchun unga qisqa va tushunarli nom berishga harakat qiling.

Yanada tushunarli bo'lishi uchun buni Telegramdagi username'ga o'xshatsak bo'ladi. Ya'ni men Telegram qidiruvdan @the_muhammadbobur deb yozsam, mana shu username'ga ega bo'lagn sahifa chiqib keladi va bu username faqatgina bitta shaxsga tegishli bo'la oladi. Huddi shunday, men brauzer qidiruviga domen nomini kiritsam, masalan: google.com, shu domenga ega bo'lgan veb sayt chiqib keladi va bu nom ham faqat bitta veb saytga tegishli bo'la oladi.

@the_muhammadboubr
773 views07:21
Ochish/sharhlash
2020-06-18 08:45:18
#fakt

Suratdagi yigit Brian Action. U 2009-yili Facebook'ga ishga qabul qilinmadi, lekin shu yilning o'zida sherigi Yan Kum bilan birgalikda WhatApp'ga asos soldi.

2014-yilga kelib Facebook WhatsApp'ni 19 milliard dollarga sotib oldi.

@the_muhammadbobur
491 views05:45
Ochish/sharhlash
2020-06-17 07:49:01
#hazil

2000 va 2020-yillarda veb-sayt tayyorlash farqi.

@the_muhammadbobur
500 views04:49
Ochish/sharhlash
2020-06-16 16:22:07 ​​#manba

Veb Dasturchi bo'lish uchun xarita. Bilishingiz kerak bo'lgan barcha texnalogiyalar.

Veb-dasturchi bo'lishni istagan yoshlar doimo nimadan boshlash kerak, qaysi manbalar va videolar orqali o'rganish kerak deb so'rashadi. Shuningdek ko'plab o'z ustida ishlashni istagan dasturchilar ham, yana nimalarni o'rganish kerakligi haqida bosh qotirishadi.

Web Skills

Hozir sizga veb-dasturchi nimani bilishi kerak bo'lsa deyarli barchasini o'zida jamlagan, bosqichma-bosqich o'rganishda sizga yordam beradigan veb-saytni aytib o'tmoqchiman. Ma'lumotlar dasturlashda 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchi tomonidan yig‘ib chiqilgan.

Veb-saytning qulayliklari

1)
Veb-sayt orqali barchasini bosqichma-bosqich o'rganish imkoniga egasiz. Ya'ni veb-saytda har bir til alohida bo'limlar asnosida berilgan va bu sizga ketma-ketlida o'rganishda yordam beradi.

2) Har bir bo'lim uchun eng yaxshi manbalar berilgan, bu eng yaxshi maqola va kurslardan o'rganish mumkin degani.

3) Veb-saytdan ro'yxatdan o'tib, qaysi bo'limni tugatganingizni oson nazorat qilish imkoni mavjud. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng sizda tugatgan bo'limingizni belgilab qo'yish imkoni bo'ladi.

Xullas, o'rganishni istaganlar uchun juda yaxshi xarita. Barcha texnalogoyalar haqida ma'lumot bor. Xarita bo'ylab barchasini o'rganib chiqing. Ba'zi texnologiyalarni topa olmasangiz, muallif bilan bog'lanib o'zingizni taklifingizni ham aytsangiz bo'ladi.

Veb-sayt havolasi: https://andreasbm.github.io/web-skills/

Aytgancha bu veb-sayt haqida @progerlive kanalida o'qib qoldim.

Dasturlashga qiziquvchilarga jo'nating.

@the_muhammadbobur
412 views13:22
Ochish/sharhlash