Get Mystery Box with random crypto!

​​Eng qimmat narxga tayyorlangan 7 ta logotip (Siz kutmagan va | THE Muhammadbobur

​​Eng qimmat narxga tayyorlangan 7 ta logotip (Siz kutmagan va bilmagan korxonalar)

2008-yilda yangilanishni boshdan o'tkazgan "Pepsi" kompaniyasi yangi logotipni ham taqdim qilgan edi. Hozirgi kunda ham foydalaniladigan bu logotip korxonaga 1 million dollarga tushgan.

"BBC" yangi logotip uchun Pepsidan 800.000 dollar ko'proq to'lagan.

"Australia and New Zealand Banking Group" nomi bilan faoliyat yurituvchi bu qo'shma korxona o'z logotipini 15 million dollarga tayyorlatgan.

"Posten" - norvegchadan tarjima qilganda pochta maʼnosini anglatuvchi, Norvegiya pochta xizmati logotip uchun 55 million dollar sarflagan.

"Accenture" nomli konsalting guruhi logotip uchun 100 million dollardan voz kechgan

Britaniyaning neft bilan shug‘ullanuv-chi "BP (British Petroleum)" korxonasining logotipi yaqin vaqtlargacha eng qimmat hisoblanar edi - 210 million dollar.

Kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuv-chi "Symantec" kompaniyasi o'z logotipini 1 milliard 280 million dollarga tayyorlatgan. Qizig'i kompaniya hozir nomini NortonLifeLock nomiga o'zgartirgan. Logotip esa o'sha-o'sha.

Quyida "Symantec" logotipini ko'rib, baho berishingiz mumkin.

Kuzatib borish: @the_muhammadbobur