Get Mystery Box with random crypto!

​​#maqola O'rganish uchun 2020 yildagi eng yaxshi 5 ta dastur | THE Muhammadbobur

​​#maqola

O'rganish uchun 2020 yildagi eng yaxshi 5 ta dasturlash tili (Ish va kelajak uchun)

1
) Python - shubhasiz ro'yxatning eng yuqorisida. So'nggi yillarda keskin rivojlanib borgan Python tezkor, ishlatish oson va turli xil veb ilovalarni tayyorlash uchun eng yaxshi tanlov bo'lib kelmoqda.

Masalan: YouTube, Instagram va Pinterest'ni tayyorlashda ham Python'dan foydalanilgan.

2) Java - yana bir mashhur va katta korxonalar tomonidan hush ko'riladigan tanlov. Java'ning muhim jihati bir necha yillardan beri o'zining mavqeni yoqotmay, bir xillikni ushlab turolganidadir. Shuning uchun ham aksariyat korxonalar Java'ga moslashib bo'lishgan.

Java'dan asosan Android tizimlari uchun ilova ishlab chiqishda foydalaniladi. Android tizimi foydalanuvchilari milliondan ortiqligini hisobga olsak, o'rgangan ishsiz qolmaydi.

3) C/C++ - Agar siz tizimlarni ishlab chiquvchi dasturchi bo'lishni istasangiz bu siz uchun ajoyib tanlov bo'ladi. Operatsion tizimlarni yozish uchun eng yaxshi tanlovlardan biri.

C++ ning ko'plab kutubxonalarni qo'llab-quvvatlashi va tezkorligi uni ommaviy ishlatilishiga sabab bo'lgan.

4) JavaScript - qo'pol qilib aytganimizda veb-saytlarni "jonlantirish" uchun ishlatiladigan tillardan biridir. JavaScript'ni bilsangiz nafaqat Front-End uchun, balki Back-End uchun ham kod yoza olasiz.

Full Stack JavaScript'chilar uchun doimo yuqori maoshli takliflar bor.

5) Go yoki Golang nomi bilan tanilib borayotgan dasturlash tili Google tomonidan ishlab chiqilgan. Golang sinatks jihatidan C++ ga o'xshash usulda ishlab chiqilgan.

Golang'dan Silikon vodiysidagi startaplar juda keng miqiyosda foydalanishmoqda.

Agar endi dasturlashga kirib kelayotgan bo'lsangiz mana sizga turli xil yo'nalishdagi eng yaxshi va talabgor tanlovlar. Karantindan yangi kasb bilan chiqing.

@the_muhammadbobur