Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyadagi zilzilada 6 yoshli oʻgʻlidan ayrilgan otaning soʻz | TʜE EɴD

Turkiyadagi zilzilada 6 yoshli oʻgʻlidan ayrilgan otaning soʻzlari:
— “Oʻgʻlimiz Ahmadni Alloh yaratdi, uni bizga sotgani ham, hadya ham qilgani yoʻq. Uni maʼlum muddatga omonat qilib berdi.

Biz u muddatni bilmaganimiz sababli doim biz bilan qoladi deb oʻylagan ekanmiz. Ammo vaqt soati shu kungacha ekan.

Menga tegishli mulkni birorta begona olishga harakat qilsa qarshilik koʻrsatardim. Lekin mulkni oʻz egasi soʻrasa qoʻlimizdan nima ham kelardi.

Robbim bizga bir gulni omonat qilib, 6 yil iforidan hidlashimizni nasib qildi. Bu 6 yilni har bir oni uchun Robbimga hamd aytishga qarzdorman. Endi davomi inshaalloh jannatda...”

“Albatta, Alloh moʻminlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi..” (Tavba, 111).

Ikrom Sharif sahifalaridan olindi.