Get Mystery Box with random crypto!

Ota onamni g'iybat qilardim Eng kamida g’iybat qiluvchini | TʜE EɴD

Ota onamni g'iybat qilardim

Eng kamida g’iybat qiluvchining savobi g’iybat qilinuvchiga o’tkaziladi. Bu illat hatto davlatlar orasini buzib yuboradi. Agar men shu ishga ahd qilsaydim, ota onamni g’iybat qilardim. Chunki savoblarimga eng haqdor ulardir. Savoblarimning begonaga ketishini hech istamasdim.

Keyin duo qilib, tashqariga chiqib ketdi. Ortidan ketyapman-u, nuqul tafakkur qilaman. Ustoz ko’rgan inson bilan o’z maqomiga yo’rg’alayotgan, qo’liga tushgan kitobni o’qib, boshqa asarlarni o’qimasdan yoki bor ma’lumotni ushlab olib, qolganini tan olmasdan yurganlarning orasida qancha farq bor. Bizning zamonimizda Hadisi sharifni rivoyat qiladigan muhaddislar hatto fiqhga aralashmaydi. Arabchani yaxshi bilmaydigan, sahobalar hayotini, ilmlarini tuzuk o’rganmaganlar hatto oyati Karimadan so’zlamaydi.

Ishqilib, kelajak avlod buzilib, o’zini aqlli hisoblab, qo’rqmasdan Qur’oni Karimdan oyati Karimalarni o’zlaricha tushunib, aytib yurmasa bo’ldi. Yana bo’linib, bo’linib hamma suhbatlarini har tarafga tortmasaydi. G’iybat qilish urchimasaydi.

Ahadquli Xolmuhammad o'g'li,
Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi 2