Get Mystery Box with random crypto!

SONET Tark etganday koʻkni hiloli, Uzilganday bandidan yap | TʜE EɴD

SONET

Tark etganday koʻkni hiloli,
Uzilganday bandidan yaproq,
Chashmasidan obi ziloli,
Sor togʻidan ketganday yiroq.

Ayvonida uyasin tashlab,
Huvillatib ketgan qush kabi,
Va manguga yurakni gʻashlab,
Zumda kechgan qoʻrqinch tush kabi,

Qorlar erib ketganday beiz,
Bir cheksizlik boʻlib baxtgacha,
Bir yoʻl boʻlib umrimdan olis,
Bir armonki - qiyomatgacha!

Bir lahzada, oʻsha bir kunda,
Hayotimdan Sen ketding shunday.

Erkin Bozorov