Get Mystery Box with random crypto!

BYD va UzAuto Motors hamkorligi zararli monopoliyaning yangi b | bakiroo

BYD va UzAuto Motors hamkorligi zararli monopoliyaning yangi boshqichi(mi?)

Ko’pchilikda milliy avtomobil kompaniyamiz Xitoyning BYD kompaniyasi bilan shartnoma tuzayotganligi avtomobilsozligimizning kelajagiga bo’lgan ishonchni yana qaytargan bo’lishi mumkin(albatta bu shartnomaga skeptik qarayotganlar ham yetarlicha).

Lekin bu shartnomaga obyektiv baho beriladigan bo’lsa, taxminan quyidagi xulosa va fikrlarni olish mumkin. Birinchidan, bu shartnoma elektromobillar importiga to’siqlarni oshirishi mumkin. Balki qisqa muddatda import bojlarining oshishini ko’rmasligimiz mumkindir lekin import qilish huquqi keskin cheklanadi(yoki boshqa ma’muriy cheklovlarning oshish ehtimoli yuqori). Ya’ni import qilish huquqi faqatgina milliy avtomobil zavodimizga taqdim qilinadi. Boshqacha aytganda, import elektromobillarning ichki bozorimizdagi narxi hozirgiga nisbatan oshadi hamda uni import qilish imkoniyati faqat ma’lum tanlangan guruhlargagina beriladi. Ikkinchidan, biroz vaqt o’tib qo’shma korxona ishlab chiqarishni boshlashi bilan esa import elektromobillarni olib kirish yanada qiyinlashadi. Bir jihatni unutmaslik kerakki, Xitoy komapniyasi O’zbekistonda ishlab chiqarishning kengayib eksport bo’lishidan yetarli darajada manfaatdor emas, chunki Ozbekistonga qo’shni bozorlarga avtomobil yetkazib berishda Xitoyda hech qanday logistik muammolar mavjud emas. Boshqacha aytganda, zavodning ichki bozorga kirishidan asosiy maqsadi ichki bozor uchun avtomobil ishlab chiqarish va yetekazib berishdan iborat. Kompaniya tashqi raqobat haqida bosh qotirmasdan ichki bozorda ma’lum darajada ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali monopol foydani oladi(albatta foydani mahlliy kompaniya bilan bo’lishadi). Bunga o’xshagan holat esa aynan avtomobilsozlik tariximizda bo’lgan. Elektromobillar bilan kuzatilayotgan holat esa o’tgan davrdagi zararli avtomobil monopoliyasining keyingi bosqichi xolos.

Xullas, BYD bilan shartnoma katta ehtimol bilan avtomobilsozlik sohasini yorqin kelajak tomon yetaklamaydi. Albatta, bu shartnomadan manfaatdor guruhlar mavjud lekin bu manfaatdorlar iste’molchilar(xalq) emas. Balki Xitoydagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hamda mahalliy ishlab chiqaruvchimiz hamda mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchimizning ishlab turishidan manfaatdor bo’lganlar. O’zbekistondagi mahallliylashtirish allaqachon og’irlikka aylanib ulgurgan. Ya’ni mahalliyashtirish niqobi ostida ba’zi ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar(xalq)ning daromadi va boyligini o’g’irlashni hamda ularni kambag’llashtirishni juda yaxshi o’rganib olgan endi esa faqatgina bu yo’nalishni yangi bosqichga olib chiqishayapti xolos.

Elektromobillarni mahalliylashtirayotganimiz avtomobilsozligimizning kelajagi emas balki yanada kattaroq parazitga aylanishi xolos(IMHO)

@Mirkonomika