Get Mystery Box with random crypto!

ONAMNI YODGA SOLAR Uyimning har bir to'ri onamni yodga solar | She`rlar Olami !

ONAMNI YODGA SOLAR

Uyimning har bir to'ri onamni yodga solar
Daraxtlari gullari onamni yodga solar
Ukam deya bag'rin ochib menga mehrini bergan
Opamning gul yuzlari onamni yodga solar

Olloxga ming bor shukr opam bordir yonimda
Onamdek mo'tabar aziz zot bor yonimda
Opamning iforidan onamning tafti kelar
Opamning tabassumi onamni yodga solar

Onamni kiyimlari yarashadi opamga
Chiroyiga chiroy qo'shar zarlar sochib olamga
Opam kelsa ko'zlarim doim quvonchga to'lar
Opamni har bir so'zi onamni yodga solar

Opajonim bahtimga ilohim omon bo'ling
Jiyanlarim yonida sog' salomat yuring
Ko'zingiz namlanmasin bu meni bag'rim ezar
Sizni go'zalligingiz onamni yodga solar

Ma'ruf Mo'minov

@sherla