Get Mystery Box with random crypto!

Oqoltin sanoat texnikumiga qabul boshlandi Guliston Davlat Un | Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Oqoltin sanoat texnikumiga qabul boshlandi

Guliston Davlat Universiteti huzuridagi
Oqoltin sanoat texnikumi 2022-2023 o'quv yili uchun quyidagi yo'nalishlarga o'quvchilar QABUL QILADI:

KUNDUZGU TALIM
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi – 60 nafar;
Kompyuter injiniring– 30 nafar;
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boyicha) - 60 nafar;
Veterinariya meditsinasi – 30 nafar;
Oziq-ovqat maxsulotlar texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boyicha) – 30 nafar;
Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash va servis texnik-texnologi– 30 nafar;
Suv xojaligi va melioratsiya – 30 nafar;
Buxgalteriya hisobi va audit – 30 nafar.

DUAL TA’LIM- 30 NAFAR:
Suv xojaligi va melioratsiya - 30 nafar.

SIRTQI TA’LIM- 60 NAFAR:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi – 30 nafar;
Suv xojaligi va melioratsiya - 30 nafar.

Izoh: Oqish muddati kunduzgi va dual talim shaklda 2 yil, sirtqi talimda 2,5 yil. Texnikumni muvaffaqiyatli bitirgan oquvchilarga Davlat namunasidagi V- darajali diplom beriladi. Kunduzgi ta’lim shaklida kirish imtihonlaridan ijobiy ball to’plagan o’quvchilar davlat granti asosida o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Murojaat uchun: (67)243-10-51, +998(94) 916-30-07, +998(93) 320-25-07, +998(91) 506-61-02

Hujjatlar 2022 yil 10-avgustdan 10-sentyabrgacha my.dtm.uz sahifasi orqali online shaklda qabul qilinadi. Shoshiling qabul kvotasi chegaralangan.

Diqqat muhim: OTM ga hujjat topshirib test sinovida to’plagan ballari bilan ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar test sinovlarisiz o’qishga qabul qilinishi mumkin. Faqat test topshirgan fanlar ketma - ketligi texnikum yo’nalishlari test topshirish fanlar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Реклама