Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga qabul boshlandi. | Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga qabul boshlandi.

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi 2022-2023 oʻquv yili uchun quyidagi yoʻnalishlarga abituriyentlarni qabul qiladi:

KUNDUZGI TAʼLIM
Turizm - 60 nafar; Servis va turizm - 60 nafar; Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish - 60 nafar; Madaniy meros obyektlarini asrash va ta’mirlash ustasi - 30 nafar; Non, non mahsulotlari, qandolat va makaron ishlab chiqarish - 30 nafar; Sartaroshlik san’ati - 30 nafar;
Buxgalteriya hisobi va audit - 30 nafar; Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish - 30 nafar.

DUAL TA’LIM- 75 NAFAR:
Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish - 25 nafar;
Madaniy meros obyektlarini asrash va ta’mirlash ustasi - 25 nafar;
Non, non mahsulotlari, qandolat va makaron ishlab chiqarish - 25 nafar.

SIRTQI TA’LIM- 125 NAFAR:
Turizm - 25 nafar;
Servis va turizm - 25 nafar;
Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish – 25 nafar;
Buxgalteriya hisobi va audit - 25 nafar;
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish - 25 nafar.

Izoh: Oʻqish muddati kunduzgi va dual taʼlim shaklda 1,5 - 2 yil, sirtqi talimda 2,5 yil. Texnikumni muvaffaqiyatli bitirgan oquvchilarga Davlat namunasidagi diplom beriladi. Kunduzgi ta’lim shaklida kirish imtihonlaridan ijobiy ball to’plagan o’quvchilar davlat granti asosida o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Murojaat uchun: +998(66)238-35-25, +998(90)100-26-33

Hujjatlar 2022 yil 10-avgustdan 10-sentyabrgacha my.dtm.uz sahifasi orqali online shaklda qabul qilinadi. Shoshiling qabul kvotasi chegaralangan.

DIQQAT MUHIM:
1. Ham oʻqib, ham ishlash;
2. 2+2 sxema asosida texnikumni bitirib Janubiy Koreyaning JOONGBU universitetida 2 yil oʻqib bakalavr darajasi ega boʻlish;
3. Samarqand shahrining eng nufuzli mehmonxona, restoran va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat koʻrsatish;
4. Zamonaviy ta’mirlangan hamda jihozlangan bilim yurtida ta’lim olish imkoniyatlariga ega boʻlasiz.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Реклама