Get Mystery Box with random crypto!

'Hikmatlar' Alisher Navoiy Alisher Navoiyning katta-kichik | Техника факультети АРМ

"Hikmatlar"
Alisher Navoiy
Alisher Navoiyning katta-kichik hikmatlar majmualari ko‘p marotaba nashr qilingan. Yigirma jildlik Mukammal asarlari to‘plami asosida tayyorlangan ushbu kitob shoirning hikmatli so‘zlarini imkon qadar to‘la qamrab olgani bilan aloxida qimmat kasb etadi. Adabiyot ixlosmandlari undan buyuk mutafakkirning olam va odam, shaxs va jamiyat, hayot mohiyati va inson umrining mazmuni, tiriklik va o‘lim, ma’rifat va jaholat, haqiqat va yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, do‘stlik va dushmanlik, muhabbat va sadoqat, diyonat va xiyonat, savob va gunoh, halol va harom, saxiylik va baxillik, samimiyat va riyo, ko‘yingki, insoniyat aqliyu ko‘nglini band etib kelgan barcha azaliy va abadiy mavzular, qadriyat hamda tushunchalar, fazilat va illatlar hakidagi shaklan go‘zal, mazmunan teran va badiiy yuksak fikr-mushohadalarini topishlari shubhasiz. Bu tafakkur ummonida suzgan hikmat durlarini, bu hikmat bo‘stonida kezgan ma’rifat gullarini ko‘lga kiritishiga ishonchimiz komil.