Get Mystery Box with random crypto!

Yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘mlikda Surxondaryodagi, jumlada | Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘mlikda Surxondaryodagi, jumladan Termiz tumanida yodgorliklar aks etadi

Markaziy bank 2021-yilning 22-dekabrdan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi.

Hozir amalda bo‘lib turgan 2017-yilda chiqqan 50 ming so‘mlik va 2019-yilda chiqqan 100 ming so‘mlik banknotlar ham muomaladan chiqarilmaydi va ular o‘z to‘lov qobiliyatini saqlab qoladi.

Nominal qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan banknot old tomoni chap qismida Surxondaryo viloyatida joylashgan XI-XII asrlarga tegishli “ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III-I asrlarga tegishli bo‘lgan Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidagi qadimiy yodgorlik – “FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.


Termiz tuman hokimligi
Axborot xizmati

https://t.me/termiztumanhokimligi