Get Mystery Box with random crypto!

3-Sektordagi oilalar o‘rtasida “Sog‘lom va barkamol oila” shio | Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

3-Sektordagi oilalar o‘rtasida “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalar va kitobxonlik bellashuvlari bo‘lib o‘tdi

Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Termiz tumanida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun Termiz tumani 3-sektorida yashovchi oilalar o‘rtasida “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida “Eng yaxshi ma’naviy yetuk oila” kitobxonlik bellashuvi hamda “Eng yaxshi sog‘lom va barkamol oila” sport musobaqalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Termiz tuman hokimligi
Axborot xizmati

https://t.me/termiztumanhokimligi