Get Mystery Box with random crypto!

TerDU Yoshlari

Telegram kanalining logotibi terdu_yoshlari — TerDU Yoshlari T
Telegram kanalining logotibi terdu_yoshlari — TerDU Yoshlari
Kanal manzili: @terdu_yoshlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.40K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang‘ich tashkilotining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
@TerduYI_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-22 14:12:37
Diqqat e'lon!

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi "Yoshlar qanoti" tomonidan Vatanimiz mustaqillikka erishganligining 31 yilligi munosabati bilan viloyatimiz yoshlarini "Mustaqillik mening taqdirimda" shiori ostida o'tkaziladigan maqolalar tanloviga chorlab qolamiz.

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.

Ishtirokchilar quyidagi link orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:
@nasimusmonov

Ishtirokchilarni ro'yxatga olish joriy yil 10-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi.

Tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilar partiyaning viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
1.5K viewsInobat Karimova, 11:12
Ochish/sharhlash
2022-08-17 07:10:44
Termiz davlat universiteti kasbiy bilim va ilmiy yutuqlarga erishgan, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlarni saralab olish hamda zamonaviy talablar darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish maqsadida quyidagi kafedralarga vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun fan doktori, professor, fan nomzodi, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
1.3K viewsInobat Karimova, 04:10
Ochish/sharhlash
2022-08-16 16:49:20 2022/2023-oʻquv yilida Termiz davlat universitetida oʻqish istagini bildirgan va hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonining ikkinchi kuni yakunlandi.



884 viewsInobat Karimova, 13:49
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:23:55
D I Q Q A T E ‘ L O N!
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi...
batafsil
————
Д И Қ Қ А Т Э Ъ Л О Н!
Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармасидаги бўш бўлган лавозимлар учун танлов эълон қилади...
батафсил

Сайт | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover
1.2K viewsInobat Karimova, 11:23
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:04:44
DIQQAT TANLOV!

Termiz davlat universiteti talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" mavzusida onlayn insholar, rasmlar she’r va qo‘shiqlar (o‘z muallifligidagi audio formatda) tanlovini e’lon qiladi.

Tashkil etilgan tanlovning har bir yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.

Ijodiy ishlarni qabul qilishning oxirgi mudddati: 2022 yil 25-avgust.

Ijodiy ishlar @Ashurova_M25 telegram manzilida qabul qilinadi.

Batafsil tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishing.

Aziz talabalar! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
759 viewsInobat Karimova, 11:04
Ochish/sharhlash
2022-08-15 19:16:38 Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
Bosh prokuratura Akademiyasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Bank-moliya akademiyasi.

Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@alisher_sadullaev
917 views𝓙𝓪𝓼𝓾𝓻 𝓚𝓱𝓸𝓵𝓽𝓾𝓻𝓪𝔂𝓮𝓿, 16:16
Ochish/sharhlash
2022-08-14 08:48:33 Termiz davlat universiteti hafta yangiliklari
08.08.2022 / 13.08.2022



921 viewsInobat Karimova, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:44:35
Termiz davlat universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishing:
918 viewsInobat Karimova, 13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-13 13:22:11
Barcha yosh olimlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar uchun!

Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi muassisligidagi yangi “Iste’dodli yoshlar axborotnomasi” jurnali 1-soniga barcha yo'nalishdagi bepul maqolalar qabuli tanlovini e’lon qiladi!

Maqolaga qo'yilgan talablar: O'zbek. rus yoki ingliz tilida taqdim qilinishi mumkin. Annotatsiya - o’zbek, rus, ingliz tilida berilishi lozim. Maqola hajmi 6 betgacha ("Times new roman" shriftida 14 keglda), muallif telefon raqami va rasmiy elektron pochtasi, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi.

Talabgorlar maqolalarini 23 avgustgacha jurnal@mufond.uz gelektron manzili orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
812 viewsInobat Karimova, 10:22
Ochish/sharhlash
2022-08-13 11:17:49 “Germaniyada o‘zbek shoir-yozuvchilarini bilishlarini xohlayman” — tarjimon Nodira Nazar bilan suhbat
https://uzbek.life/oz/news/germaniyada-ozbek-shoir-yozuvchilarini-bilishlarini-xohlayman-tarjimon-nodira-nazar-bilan-suhbat
865 viewsObidjon Shofiyev, 08:17
Ochish/sharhlash