Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat e'lon! O'zbekiston 'Milliy tiklanish' demokratik par | TerDU Yoshlari

Diqqat e'lon!

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi "Yoshlar qanoti" tomonidan Vatanimiz mustaqillikka erishganligining 31 yilligi munosabati bilan viloyatimiz yoshlarini "Mustaqillik mening taqdirimda" shiori ostida o'tkaziladigan maqolalar tanloviga chorlab qolamiz.

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.

Ishtirokchilar quyidagi link orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:
@nasimusmonov

Ishtirokchilarni ro'yxatga olish joriy yil 10-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi.

Tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilar partiyaning viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.