Get Mystery Box with random crypto!

Temuriy || Blog

Telegram kanalining logotibi temuriy_blog — Temuriy || Blog T
Telegram kanalining logotibi temuriy_blog — Temuriy || Blog
Kanal manzili: @temuriy_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 613
Kanalning ta’rifi

Har kim xohlaganicha fikrlaydi)
Shaxsan o'zim:
@Temur_Bahromov

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-05 18:14:16 Xulosa qil

1. Hayotda hech qachon taslim bo'lmaslikni o'rgan. Otasiz, qiyinchilikda katta bo'lib, tinmasdan mehnat qilib, yuqori natijalarga erishganlar qancha.

2. Boy bo'lsang ham, kambag'al bo'lsang ham, onang doim sen bilan birga bo'lishini unutma.

3. Qay mansabga erishsang ham, samimiylik, soddalik, haqqoniylikni yo'qotma.

4. Takrorlanmas do'st bo'l, yetaklovchi lider bo'l, adolatli rahbar bo'l.

5. Abadiy emasliging, keyingi soniyada nima bo'lishi hech kimga ayon emasligi doimo xayolingda va qalbingda bo'lsin.

6. Shunday bo'lginki, xalq ortingdan yig'lab qolsin. Seni tanimaydiganlar ham sen uchun afsuslansin...

@Temuriy_blog
3.2K viewsedited  15:14
Ochish/sharhlash
2023-02-14 09:17:00 Slogan va deskriptor

Slogan – shior. Ma'noli yoki motivatsion gap, bitta so'z yoki so'zlar jamlanmasidan iborat bo'ladi. Masalan, Texnomart – yaxshilikka buyursin!

Deskriptor – biror kompaniyaning ish faoliyati haqida batafsil ma'lumot beruvchi so'zlar, gap yoki jumla. Masalan, Najot Ta'lim – zamonaviy kasblar markazi.

Katta kompaniyalar, loyihalar o'z deskriptori va sloganiga alohida e'tibor qaratishadi. Siz qandaylarini bilasiz?

Bundan tashqari odamlarda ham o'z hayoti uchun shiori ya'ni slogani bo'lishi mumkin. O'zi yaratgan yoki o'zlashtirilgan, farqi yo'q. Kimdadir bormi?

@Temuriy_blog
4.8K viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2023-02-08 16:27:12 Stokgolm sindromi

Stokgolm sindromi – jabrlanuvchi va jinoyatchi o'rtasida yuzaga kelgan yaxshi aloqalarni ifodalovchi tushuncha. Qotil yoki jinoyat egasi vaziyat davomida o'z qurboniga nisbatan hamdardlik hisini tuyishi, uning holatini tushunib, unga nisbatan simpatiya yuzaga kelishi aynan shu sindrom nomi bilan ataladi.

Bu sindromni yana bir tasvirlanishi bor. Bu holatda esa jabrlanuvchi o'ziga zulm o'tkazgan insonning vaziyatini tushunib, mehr qo'yib, uni oqlashi mumkin. Ya'ni oldingi tushunchaning aksi.

Netflix tomonidan ishlangan Ispaniyaning mashhur "Qog'oz bino" serialida ham Stokgolm obrazi va uning atrofida yuz beruvchi voqealar shu sindrom asosida yaratilgan.

Bu atama faqatgina o'g'irlik, qotillik yoki jinoyatlarda ishlatilmaydi. Oddiy, hayotiy misollar bilan ko'rib chiqamiz.

Masalan, kim bilandir urishib, yaxshigina kaltaklandik yoki chidab bo'lmas darajada haqoratlandik. Vaziyat yumshab, oradan biroz vaqt o'tgach, biz raqibimizni oqlay boshlaymiz. Ya'ni o'zim sababchiman, o'zim noto'g'ri ish qilib, uni shunga majburladim, u o'zi yaxshi odam kabi o'y-hayollarga berilamiz. (Har doim ham bunaqa bo'lmasligi mumkin...)

@Temuriy_blog
4.7K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2023-02-07 16:18:57 Hamma yugursa, ortidan yugurma birga
Maqsading yo'q, kirgansan yigirma birga

Konsta & Ulug'bek
3.1K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-02-07 08:04:23 Perfeksionizm

Perfeksionist – vazifani o'zi va atrofi 100% tayyor bo'lsagina, boshlashni ma'qul ko'radigan insonlar turi. Ular biror ishni boshlashsa ham, mukammal va to'liq bajarishga intilishadi.

Masalan, uy-joy, mashina, karyera qilmaguncha, uylanmaydiganlar, barcha mavzularni to'liq takrorlab chiqmaguncha, imtihon topshirmaydiganlar. Sodda misollar bilan tushuntirishga harakat qildim, qisqasi kam tavakkal qiladigan odamlar.

O'zim ham ko'pincha perfeksionistlardek harakat qilaman. Bu ba'zi hollarda foydali bo'ladi, lekin ko'pincha minusga ishlaydi. Tavakkal qilmagan odam yutqazadi. To'liq tayyor bo'lmasang ham, boshlash kerak. Jarayonni o'zi seni tayyorlaydi.

@Temuriy_blog
2.9K viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2023-02-06 11:27:58 Bankomatdan chekni olishga olib, axlat qutisiga tashlab ketadiganlarga tushunmayman. Yoki bankomatga ishonishmaydimi?)
2.3K viewsedited  08:27
Ochish/sharhlash
2023-02-03 15:23:00 Jamiyatimizdagi muammo

Bizdagi odamlarda kimnidir ulug'lash juda avj olgan. Xuddi uni daho, hayotini hal qiluvchi odam sifatida ko'rishadi. Shaxsiy fikr yo'q...

Xo'p, kuzating, men ham boshqalar ham kuzatadi, hurmat qiladi. Lekin bu uni hamma gapi to'g'ri yoki qonun degani emas. Filtr qiling hech bo'lmasa, aql-idrok bekorga berilmagan.

U ham xato qiladi yoki sizni vaziyatingizga to'g'ri kelmaydigan gap aytadi. Bu bilan hamma shu yo'ldan yurishi kerak degani emas.

Eshitdim, ko'rdim va qabul qildim emas, tahlil qildim, keragini oldim bo'lishi kerak.

@Temuriy_blog
2.4K viewsedited  12:23
Ochish/sharhlash
2023-02-01 08:16:12 O'z ishining ustalari

Telegram

1. Alimoff – taniqli bloger, hayotiy va ijtimoiy mavzular haqida yozib boradi. Live kanalidagi o'zgacha hazillari ajralib turadi.

2. Aziz Rahimov – blog deganda xayolimga birinchi keladigan inson.

3. Davron Fayziev – men uchun birinchi raqamli sport sharhlovchisi.

4. Konsta – ortiqcha ta'rif shart emas.

5. Kunduziy – video kontent egasi. Telegram kanalida ham foydali maqolalar ulashib turadi.

Youtube

1. NmaGap – podkast. Biror soha vakillari bilan turli xil mavzularda shunchaki suhbatlashiladi. Kayfiyat ulashuvchi, ochiq gaplar ham gapiriladi.

2. Xay mayli – Mirshakar Fayzullayev boshchiligida hozircha bizdagi eng zo'r podkast va Stand-up konsertlar joylanadi.

3. Azam Qahramoniy – "NQE" podkastini kuzataman. O'zini ba'zi videolarini ko'rib turaman.

4. Ular – turli xil soha vakillari bilan intervyu va hujjatli filmlar.

5. Nozim Safari – "Kulgullektual shou" va "Chaq-chaq" podkasti kundan-kunga rivojlanyapti.

6. Kunduziy – turli xil mavzularda ijod qiluvchi video kontent egasi.

7. BM Prod. – "Bir kuni" podkasti.

8. Subyektiv – ortiqcha ta'rif shart emas.

P.s: Tavsiyalar bo'lsa, izohlarda qabul qilinadi.

@Temuriy_blog
2.8K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2023-01-30 08:09:58 Sog' bo'lasizlar...

Odamlarimizda borgan sari yengil-yelpi, sayoz kontentga bo'lgan talab oshib boryapti. To'g'rida, o'zining yetarlicha hayot muammolaridan charchab, ijtimoiy tarmoqlarga chalg'ish uchun kirgan odamga uzun postlar, ilmiy yoki muammoli videolar yoqarmidi...

Har xil, dalada olingan, ma'nosi yerni tagida bo'lgan, bachkana, "raki-tiki" videolarning millionlab ko'rilishi va layklar olishi bunga yaqqol misol bo'la oladi...

Lekin saviyali kontent ulashuvchilar kuzatuvchilarni majburlashi kerak.

Morgenshtern misolida ko'rib o'tamiz. U boshida turli xil krinj, trash qiliqlar va qo'shiqlar bilan katta auditoriyani o'ziga jalb qildi. Endi sekinlik bilan o'zining haqiqiy ijodini namoyish qilyapti. Uning so'nggi albomi ham sound bo'yicha ancha yuqori darajada chiqibdi.

Men uni eshitmayman, bu fikrlar meniki ham emas...

Bu Kunduziyning fikrlari edi. Fikrimcha, u ham aynan Morgenshtern tanlagan uslub bo'yicha ketmoqchi. Har holda so'nggi videolari shunga ishora beryapti va bu bizning hozirgi vaziyatimizda to'g'ri yo'l deb hisoblayman.

Hozircha saviyasizlar bozorning katta qismini egallashgan. Lekin yaqin orada saviyali kontent ustalarining ko'payishi, kuzatuvchining fikrlari o'zgartirilishi bilan hammasi o'z joyiga tushib oladi...

@Temuriy_blog
2.6K viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2023-01-29 14:34:36 Hamma ko'rishi shart bo‘lgan Top-10 filmlar

1. Shindler ro‘yxati
2. Jinoiy cho‘pchak
3. O‘zgalar hayoti
4. Cho‘qintirgan ota
5. Forrest Gamp
6. Bryuggeda
7. Shoushenkdan qochish
8. E'tibor markazida
9. Neft
10. Interstellar

*Xushnudbek aka muallifligi va 18 ta bloger, rejissyorlar fikri bo'yicha

@Temuriy_blog
2.8K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash