Get Mystery Box with random crypto!

Temurbek Adhamov

Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov T
Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov
Kanal manzili: @temurbek_adhamov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.54K
Kanalning ta’rifi

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 32

2022-08-24 19:37:24 Holdingimizning moliya departamenti uchun amaliyotchi “СТАЖЁР” izlayapman.

Bu yo'nalishda ish boshlagan odam uchun kelajakda professional moliyacha bo'lib yetishish imkoniyati bo'ladi. O'zbekiston mehnat bozorida professional moliyacha kamida 1 500$ dan boshlab oylik oladi.

Amaliyotchi bo‘lib imkoniyatdan foydalanish uchun talablar:
– Moliya sohasida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lishingiz;
– Rus va ingliz tillarini yahshi bilishingiz;
– Matematikadagi chuqur bilishingiz.


Saralash jarayonida siz uchun qo‘shimcha ball beradigan faktorlar:
– O‘qish jarayonida, soha bo‘yicha olingan yakuniy baholar balandligi;
– O‘qish davrida yoki o‘qishni tamomlab, mahalliy va xalqaro korxonalarning moliya bo‘limlarida ortirilgan tarjibangiz;
– Qo‘shimcha xalqaro til bilish ko‘nikmangiz borligi;
– Sohaga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha sertifikatlarga egalik;
– Karyera uchun o‘z oldingizga aniq qo‘yilgan maqsadlar mavjudligi;
– Tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatingiz borligi;
– O‘z ustingizda ishlashga tayyorligingiz;


Agar siz jamoamizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, umumiy qadriyatlarimizga tayangan xolda, oldimizga qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lsangiz, o‘z CV ma’lumotnomangizni @AQcontactbot ga jo‘nating. Saralashdan o‘tgan va jamoamizga qo‘shilgan amaliyotchilar uchun ishdan keyingi o‘quv kurslarida o‘qish moliyashtiriladi.

Abdulboriy Qodirov
5.1K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:41:29
ASSALOMU ALAYKUM

Hurmatli yurtdoshlar,
Iqtidorli yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Yuksalish liderlar akademiyasi tashabbusi bilan "Yuksalish iqtidorlarni qidirmoqda" loyihasi boshlanganini e'lon qilamiz.

Har oy muntazam o'tkazib turiladigan ushbu musobaqalarda 20 yoshgacha bo'lgan yosh ixtirochilar qatnashishi mumkin.
Agar siz qilayotgan ixtiro jamiyat uchun foydali deb hisoblasangiz, 1-3 daqiqalik sifatli video tayyorlab @Yuksalish_iqtidor_admin ga jo'nating.

1 hafta davomida jo'natilgan videolar saralanib kanalga joylanadi va bot orqali ovoz berish yo'li bilan g'oliblar aniqlanadi:

1-o'rin uchun
Personal kompyuter va
Yuksalish liderlar akademiyasida o'qish uchun 3.000.000 so'mlik vaucher

2-o'rin uchun
Personal kompyuter va 2.000.000 lik vaucher

3-o'rin uchun
Personal kompyuter va 1.000.000 lik vaucher

Qolgan barcha ishtirokchilarga markazda o'qish uchun 500.000 so'mlik vaucher hadya sifatida taqdim etiladi.

E'lonni ixtirolar ustida ishlayotgan yaqinlaringizga ulashing.

@Yuksalish_iqtidor
4.3K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:31:06 «Najot Ta'lim»ning eng katta filialiga ekskursiya

IT sohasida bozor talabidagi mutaxassisni tayyorlash ancha qiyin va uzoq muddatli jarayon.

O'z vaqtida biz uchun orzu bo'lgan ishlarni bugun jamoamiz bilan birgalikda asta-sekin amalga oshirmoqdamiz. Ta'lim jarayonlarini tashkil qilish, sifatli o'quvchini markazga olib kelishdan tortib uni muvaffaqiyatli tamomlaguncha bo'lgan vaqtda jamoa anchagina mehnat qiladi. Tizimli ravishda bu ishni doimiy amalga oshirib borish oson emas.

Ayni shu ishlar amalga oshirib kelinayotgan asosiy boshqaruv markazi Chilonzor filialiga ekskursiya qilishga qaror qildik. Unda iloji boricha markazni to'liq yoritib berishga harakat qilindi. Shunday bo'lsa-da, ko'rsatilmagan joylar va jamoa a'zolari anchagina.

Premyerani bugun 20:30 da quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:



@temurbek_adhamov
5.8K views15:31
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:01:26 IT sohasida Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkaziladi

Prezident qarori bilan 2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkaziladi.

@alisher_sadullaev
4.7K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:24:23
Aллоҳ розилиги йўлида биргалашиб саховат қилайлик. Зора, бу ишларимиз охиратда номаи аъмолимизга хайру савоб рўйхатида ёзилса. "...Аллоҳ эҳсон қилувчиларни яхши кўради" (Бақара сураси, 195 оят).

Бердиқулов Нурбекжон, 4 ёшда
хасталиги: оққон (саратон) ва юрак пороги, 1-гуруҳ ногирони.

Uzcard Карта рақами:
8600061002064953
Абдуллаева С

Телефон рақамлари:
+998974798423

Манзил: Қашқадарё вилояти, Чироқчи тумани, Арбанди қишлоғи.
4.8K views08:24
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:47:06
"Astar va qiyofa". Maxsus film premyerasi

Tanigan har insonimizda biz tanimagan bir inson yashirindir.

Ha, kimnidir yaxshi bilish uchun yillar kamlik qiladi. Ammo uni aslida tanimaganingizni anglash uchun esa soniyalar kifoya.

Abdukarim Mirzayev... U aslida kim? Qanday hayot yo‘llarini bosib o‘tgan?

U kecha kim edi, bugun nimalar qilyapti, ertaga qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda?

Abdukarim Mirzayevni yaqindan tanimoqchimisiz? U holda, “Astar va qiyofa” nomli maxsus film premyerasini o‘tkazib yubormang!

Havola

6.0K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:13:33 503 nafar talabgor o’qish uchun imtihon topshirdi. Imtihonlar davom etadi!

«Najot Ta'lim» markazining Chilonzor filialida 20-21-avgust kunlari keng ko'lamdagi kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Kirish imtihonlarida jami 503 nafar nomzod ishtirok etdi. Imtihonda ularning ingliz tilini bilish va IQ darajasi sinovdan o'tkaziladi.

Imtihon jarayonidan lavhalar

«Najot Ta'lim»da o'qish istagida bo'lgan hamda ushbu imtihonlarda qatnasha olmagan o'quvchilar uchun navbatdagi kirish imtihonlari 27-28-avgust kunlarida bo'lib o'tadi. Imtihonlarda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish

+998788889888
4.9K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:29:55
«Najot Ta'lim»ning navbatdagi filiali qayerda ochilishini bilasizmi?
Anonymous Quiz
19%
Toshkent viloyati
39%
Farg'ona viloyati
21%
Samarqand viloyati
14%
Andijon viloyati
8%
Xorazm viloyati
6.8K voters4.1K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:31:29
Yozning so’nggi oyini samarali o’tkazishga nima deysiz?
Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang

Online “Raqamli avlod - 2022” IT oromgohi uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!
Darslar 25-avgustdan 30-avgustga qadar davom etadi.

Bu safargi 5 kunlik oromgohda siz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilimlaringizni yanada oshirishirishingiz mumkin:

IT oromgoh yo’nalishlari:
- Flutter
- .NET
- Python
- React.js

Eng faol ishtirokchilarni esa kutilmagan ajoyib sovg’alar kutib turibdi

Ro'yxatdan o'tish uchun havola
Raqamliavlod.uz

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

__
Digital Generation Uzbekistan
5.3K views08:31
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:34:29 Jamoamiz yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot oʻtkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilib, so‘rovnoma e’lon qilgandik.

Bugungacha mazkur so‘rovnomada 348 nafar o‘quv markaz egalari qatnashdilar. Hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan — 11 ta;
2. Andijon viloyatidan — 47 ta;
3. Buxoro viloyatidan — 13 ta;
4. Jizzax viloyatidan — 16 ta;
5. Qashqadaryo viloyatidan — 19 ta;
6. Navoiy viloyatidan — 13 ta;
7. Namangan viloyatidan — 20 ta;
8. Samarqand viloyatidan — 31 ta;
9. Sirdaryo viloyatidan — 9 ta;
10. Surxondaryo viloyatidan — 25 ta;
11. Toshkent viloyatidan — 11 ta;
12. Farg‘ona viloyatidan — 25 ta;
13. Xorazm viloyatidan — 23 ta;
14. Toshkent shahridan — 20 ta o‘quv markaz rahbarlari ishtirok etishgan.

Ertaga, 6-iyul kuni Zoom orqali o‘quv markaz rahbarlari bilan muloqot tashkil etishni rejalashtiryapmiz. So‘rovnomada qatnashgan o‘quv markaz rahbarlariga Zoom va Telegram guruhimizning havolasi elektron pochta manzillariga yuboriladi. Shuningdek, ushbu muloqotimiz Facebook sahifamizda ham translyatsiya qilinadi.

So‘rovnomada qatnashish uchun hali ham vaqt bor, ishtirok eting: https://forms.gle/Hes7hmWY6ABSdyGh7

@alisher_sadullaev
2.9K views12:34
Ochish/sharhlash